Oila 15.  Percidae Rafinesque, 1815 – Olabugʻalar 37.  Sander lucioperca  (Linnaeus, 1758) – Oq sla




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana17.05.2024
Hajmi1,73 Mb.
#239335
TuriReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
75942b50-2005-41b2-9033-b0030cae0457

Oila 15. 
Percidae Rafinesque, 1815 – Olabugʻalar
37. 
Sander lucioperca 
(Linnaeus, 1758) – Oq sla
 
Yuqorida qayd etilgan baliq turlaridan Surxondaryoda 13 ta oila, 32 urugʻga 
mansub 34 ta tur (havza umumiy baliq faunasining 92%), Qoratogʻdaryoda 9 oila, 
15 urugʻga mansub 16 ta tur (havza umumiy baliq faunasining 43%), 
Toʻpalangdaryoda 8 oila, 11 urugʻga mansub 11 ta tur (havza umumiy baliq 
faunasining 30%), Sangardakdaryoda 5 oila, 7 urugʻga mansub 7 ta tur (havza 
umumiy baliq faunasining 19%) Xoʻjaipokdaryoda 4 oila, 5 urugʻga mansub 5 ta tur 
(havza umumiy baliq faunasining 13,5%) qayd qilindi (1-rasmga qarang). 
Havzada mahalliy va endemik baliqlar 22 turni tashkil etdi. Shulardan 
Dzihunia amudarjensis, Iskandaria pardalis
,
Oxynoemacheilus oxianus

Triplophysa kafirnigani, Capoetobrama kuschakewitschi, Leuciscus lehmanni, 
Salmo oxianus
kabilar
 
Orol havzasi endemigi hisoblanib, bular havza baliq 


13 
faunasining 19% ini tashkil qildi.
Iqlimlashtirilgan baliqlar – 6 turni, iqlimlashtirish 
tufayli tasodifan keltirilgan baliqlar – 9 turni tashkil etdi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga 
kiritilgan baliqlar 5 turdan (
Sabanejewia aralensis, Luciobarbus conocephalus, 
Capoetobrama kuschakewitschi, Glyptosternon osshanini, Salmo oxianus
) iborat. 
Aniqlangan 37 tur baliqlardan Sibir qumbaligʻi – 
Gobio sibiricus 
Oʻzbekiston 
ixtiofaunasi uchun birinchi marta qayd etilgan boʻlsa, 
Opsariichthys bidens
turi esa 
Surxondaryoning barcha oqimlarida va Toʻpalangdaryoning quyi oqimida ilk bor 
qayd etildi. 
1-rasm.
Baliq oilalari va turlarining daryolar boʻyicha taqsimlanishi. 
Shuningdek, havzada tarqalgan baliqlarning 27 turi (73%) TMXI Qizil roʻyxati 
boʻyicha baholangan boʻlib, shundan 
Capoetobrama kuschakewitschi 
“EN” – qirilib 
ketish arafasidagi turlar toifasiga kiritilgan. 
Tadqiqot ishlari Surxon, Qoratogʻ, Toʻpalang, Sangardak va Xoʻjaipok kabi 
daryolari va ularning irmoqlarida olib borildi. Havzadagi daryolarda uchrashi qayd 
etilgan 37 ta turning 28 tasi Cypriniformes, 3 tasi Gobiiformes, 2 tasi Siluriformes 
turkumlariga 
mansub boʻlsa, qolgan Salmoniformes, 
Anabantiformes, 
Cyprinodontiformes, Perciformes kabi turkumlarning 1 tadan turi tarqalganligi 
aniqlandi (2-rasmga qarang).


14 
2-rasm.
Baliq turlar soni turkum, oila va urugʻlar kesimida taqsimlanishi. 
Uchinchi bobning ikkinchi boʻlimida Surxondaryo havzasidagi murakkab 
taksonomiyaga ega boʻlgan turlarning molekulyar tahlili haqida ma’lumotlar 
keltirilgan. Jumladan, 
Alburnoides holciki
va 
Gobio 
urugʻlarining molekulyar tahlili 
oʻtkazilgan. 
Tadqiqot ishlari davomida Surxondaryoning yuqori oqimi Toʻpalang va 
Qoratogʻ daryolarining qoʻshilish joyidan to uning Termiz shahri yaqini 
Amudaryoning asosiy oʻzaniga quyilishigacha boʻlgan hududidan 2018-2019 yillar 
davomida yigʻilgan 
Alburnoides
urugʻi vakillari morfologik va molekulyar jihatdan 
oʻrganildi. Morfometrik koʻrsatkichlar Coad & Bogutskaya (2012) metodikasi 
asosida 0.1 mm aniqlikdagi shtangentsirkulda olindi. Bunda standart uzunlik baliq 
tumshugʻining uchidan to dumining asosigacha boʻlgan oraliqni; dum bandining 
uzunligi esa anal suzgich qanotining soʻnggi shoxlangan nuri tugagan qismidan 
dumining asosigacha boʻlgan oraliqni oʻlchash orqali topildi.
Molekulyar tadqiqotda mitoxondriyaning sitoxrom oksidaza I (COI) genining 
625 bp qismi Sheraliev et al. (2020) da qayd etilgan metodika asosida ajratib olindi. 
Filogenetik tahlil MrBayes dasturida yaratildi va filogenetik daraxt FigTree v.1.4.2 
dasturida tahrirlandi.
Alburnoides holciki
turining Janubiy va Markaziy Osiyo hududlaridagi 
populyatsiyalari 3-rasmda keltirilgan. 
7
2
2
1
1
1
1
25
3
2
1
1
1
1
28
3
2
1
1
1
1
0
5
10
15
20
25
30
Surxondaryo suv havzasida tarqalgan baliq turlar soni 
Oila
Urugʻ
Tur


15 

Download 1,73 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila 15.  Percidae Rafinesque, 1815 – Olabugʻalar 37.  Sander lucioperca  (Linnaeus, 1758) – Oq sla

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish