Raqamli ilmiy kengash termiz davlat universiteti allayarov sirojiddin kamolovich




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/33
Sana17.05.2024
Hajmi1,73 Mb.
#239335
TuriReferat
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
75942b50-2005-41b2-9033-b0030cae0457

 
5-rasm.
Capoetobrama
kuschakewitschi
ning tana uzunligi va vazni orasidagi 
munosabatning chiziqli logarifmik ifodasi. 
Molekulyar-genetik tahlil qilingan turlardan yana biri 
Gobio sibiricus
dir. Shu 
vaqtgacha olimlar Oʻzbekiston suv havzalarida 
Gobio
urugʻ vakillaridan faqat bitta 
tur – 
G. lepidolaemus
uchraydi deb ishonishgan (
Mousavi-Sabet e
t al. 2016). Lekin, 
bizning oʻtkazgan ixtiologik tadqiqotlarimizda Oʻzbekiston suv havzalarida 
Gobio 
urugʻiga mansub 
G. lepidolaemus
dan tashqari yana ikkita tur – 
G. nigrescens
va 
G. 
sibiricus
kabi turlar ham uchrashi aniqlandi. 
Biz 2019-yil iyul oyida Surxondaryo havzasidagi Qoratogʻdaryoning quyi 
oqimida (Oqostona mahallasi hududi atrofida) ixtiologik tadqiqotlar olib 
borganimizda 
Gobio 
urugʻiga mansub ikki dona baliq namunalari topildi (6-rasmga 
y = 0.0055x
3.1075

= 0.9601
0.00
2.00
4.00
6.00
8.00
10.00
12.00
14.00
16.00
18.00
20.00
0
2
4
6
8
10
12
14
16
B
ali

tana
sini
ng
va
zni, 
g
Baliq tanasining uzunligi, sm


18 
qarang). Molekulyar-genetik tahlil oʻtkazish uchun baliqlar oʻng koʻkrak suzgich 
qanotidan toʻqima kesib olindi va -20°C temperaturada, 96% li spirtda saqlandi. 
Baliq namunalari esa morfometrik koʻrsatkichlarini oʻlchash maqsadida 10% li 
formaldegid eritmasida fiksatsiya qilindi. Olinlan har bir namuna Janubiy-gʻarbiy 
universitet (SWU) ning Hayot fanlari fakulteti Chuchuk suv baliqlarini koʻpaytirish 
va rivojlantirish ilmiy laboratoriyasining kollektsiyasida SWU23072019373 va 
SWU02082019531
raqamlari ostida saqlanmoqda.
6-rasm

Gobio sibiricus
, SWU
23072019373
, 56 mm TL Qoratogʻdaryo
 
DNK ekstraktsiyasi koʻkrak suzgich qanotidan erituvchi K-proteinaza 
qoʻllagan holda standart fenol-xloroform uslubida amalga oshirildi
(Sambrook J., 
Russell D.W., (2001)). 
Mitoxondrial sitoxrom oksidaza I (COI) genining PZR 
amplifikatsiyasi uchun Ivanova et al. (2007) tomonidan taklif qilingan VF2_t1 TGT 
AAA ACG ACG GCC AGT CAA CCA ACC ACA AAG ACA TTG GCA C va 
FR1d_t1 CAG GAA ACA GCT ATG ACA CCT CAG GGT GTC CGA ARA AYC 
ARA A. praymerlaridan foydalanildi. PZR mahsulotlari 10 ng DNK namunasi, har 
bir praymerdan 1 μl, 12,5 μl Taq Master Mix (Novoprotein, Guangdong, Xitoy) va 
ddH
2
O dan iborat, jami 25 μl ni tashkil etdi. PZR dagi termal siklik jarayonlar ketma-
ketligi quyidagicha boʻldi: dastlab 3 min. 94°C; shundan soʻng jami 35 siklda 20 sek. 
94°C, 45 sek. 54°C va 1 min. 10 sek. 72°C hamda yakuniy jarayon 7 min. 72°C 
davom etdi. 
Sekvenslash VF2_t1 va FR1d_t1 praymerlari yordamida oldinga va qarama-
qarshi yoʻnalishlarda amalga oshirildi. Boshqa 
Gobio
turlarining COI ketma-ketligi 
NCBI GenBank dan olingan. 
G. conocephalus
tashqi guruh sifatida foydalanildi. 
Soʻngra genetik masofalar (K2P) hisoblab chiqildi va MEGA 7 yordamida 
filogenetik yordamida filogenetik yaqinliklarni oʻrganish uchun 1000 ta yuklash 
nusxasi bilan maksimal ehtimollik (ML) daraxti yaratildi (Kumar, S. et al.,(2016)). 
Bayes xulosasi (BI) tahlil MrBayes 3.2 yordamida oʻtkazildi (Ronquist, F. et al., 
(2012)). 
Molekulyar tahlilda filogenetik daraxt Zarafshon daryosidan
 
topilgan 
G. 
nigrescens
(GenBank xos raqamlari: MN810111, MN810112) Eronning Hari 
daryosidagi 
G. nigrescens
(K2P masofasi 0,54%) bilan hamda Surxondaryo 
havzasidan topilgan 
G. sibiricus 
(GenBank xos raqami: MN810110) Ob daryosi 
(Rossiya), Irtish daryosi va Balxash koʻli (Qozogʻiston) dagi 
G. sibiricus
(K2P 
masofasi 0,51%) lar bilan oʻzaro bir kladada joylashganligi ma’lum boʻldi. 


19 
Oʻzbekiston ichki suv havzalarida tarqalgan 
G. sibiricus 
va
G. 
lepidolaemus
lar (GenBank xos raqamlari: MN810113, MN810114) bir-biriga juda 
yaqin joylashgan va 0,72% K2P masofasi bilan ajralib turadi. 
G. nigrescens
va 
G. 
sibiricus
ning COI ketma-ketligi orasidagi genetik farqlar 
G. lepidolaemus
ning COI 
ketma-ketligi bilan taqqoslanganda mos ravishda 6,34% va 7,01% ni tashkil etdi. 
Gobio
urugʻi vakillari ustida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni koʻsatdiki 
G. sibiricus 
va 
G. nigrescens
lar Ob, Yenisey. Nura va Hari daryolarida uchrashi 
bilan bir qatorda Amudaryo havzasida ham ilk bor qayd etildi. Bizning molekulyar-
filogenetik tadqiqotlarimiz ham 
G. nigrescens
G. gobio 
ga yaqin emas degan da’voni 
yana bir bor tasdiqladi (7-rasmga qarang). 
7-rasm

G. sibiricus 
va 
G. nigrescens 
larning filogenetik daraxtda 
joylashishi. 
Uchinchi bobning uchinchi boʻlimida Surxondaryo havzasi ixtiofaunasining 
taksonomiyasi noaniq turlari (
Schizothorax 
sp., 
Rhinogobius 
sp
.

Glyptosternon 
oschanini.
) tavsiflangan. Ushbu turlardan 
Schizothorax 
sp. turi Surxondaryo 
havzasining yuqori oqimidagi Qoratogʻ, Toʻpalang, Sangardak va Xoʻjaipok 
daryolarida tarqalgan. Sheraliev & Peng (2021) tomonidan olib borilgan 
tadqiqotlarga koʻra ushbu turlarning taksonomiyasi hozircha noaniq boʻlganligi 
sababli sp. deb nomlash tavsiya etildi. 
Toʻrtinchi bob Surxondaryo havzasi baliqlarini muhofaza qilish masalalari 
boʻlib, ushbu bobda Surxondaryo havzasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil 
kitobiga kiritilgan baliq turlari tahlili, Surxondaryo havzasidagi baliqlarga ta’sir 


20 
qiluvchi cheklovchi omillar va havzaning kamyob va endemik turlari 
muhofazasining ilmiy asoslari kabi boʻlimlardan iborat. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli ilmiy kengash termiz davlat universiteti allayarov sirojiddin kamolovich

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish