Raqamli ilmiy kengash termiz davlat universiteti allayarov sirojiddin kamolovich




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana17.05.2024
Hajmi1,73 Mb.
#239335
TuriReferat
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
75942b50-2005-41b2-9033-b0030cae0457

XULOSALAR
“Surxondaryo suv havzalarining baliqlari (Actinopterygii Teleostei) faunasi” 
mavzusidagi biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar taqdim etildi: 
1.
Surxondaryo suv havzasida baliqlarning 7 turkum, 15 oila, 34 urugʻga mansub 
37 turi uchrashi qayd etildi. 
2.
Ilk bor Oʻzbekiston ixtiofaunasi uchun yangi boʻlgan tur Sibir qumbaligʻi – 
Gobio sibiricus
Nikolskii, 1936 Surxondaryo suv havzasidan aniqlandi. Shu vaqtga 
qadar Oʻzbekiston ixtiofaunasida 
Gobio 
urugʻining faqat bitta – Turkiston 
qumbaligʻi (
Gobio lepidolaemus 
Kessler, 1872)
 
uchrashi ma’lum edi. 
3.
Ilgari Sharq tezsuzari – 
Alburnoides bipunctatus 
deb malakalangan tur 
morfologik va molekulyar tadqiqotlarimizdan soʻng bu tur Surxondaryo suv 
havzalarida keng tarqalgan Xolsiki tezsuzari –
Alburnoides holciki
Coad & 
Bogutskaya, 2012 turi ekanligi aniqlandi. 
4.
Alburnoides holciki 
Surxondaryo havzasida keng tarqalgan dominant tur 
ekanligi aniqlandi; 
5.
Surxondaryoning quyi oqimida Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining 
Qizil Roʻyxatida “qirilib ketish xavfi ostida”gi Parrakqanot – 
Capoetobrama 
kuschakewitschi 
(Kessler, 1872) va “kamayib ketish xavfi ostida”gi Amudaryo 
yalang baligʻi – 
Oxynoemacheilus oxianus
(Kessler, 1877) kabi turlarning juda 
kichik arealda tarqalgan populyatsiyalari aniqlandi. 
6.
Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan endemik, muhofazaga muhtoj turlardan 
Sabanejewia aralensis
Kessler, 1877, 
Luciobarbus conocephalus
(Kessler, 1872), 
Capoetobrama kuschakewitschi
(Kessler, 1872), 
Glyptosternon oschanini 
(Herzenstein, 1889), 
Salmo oxianus
Kessler, 1874 lar Surxondaryo suv havzalarida 
uchrashi qayd etildi. 
7.
Surxondaryo suv havzalarida adabiyotlarda mavjudligi ta’kidlangan 
Pseudoscaphirhynchus 
kaufmanni
,
 
Aspiolucius 
esocinus
,
 
Luciobarbus 
brachycephalus

Pelecus cultratus
,
 Triplophysa stolickai
kabi turlar qayd etilmadi. 
8.
Surxondaryo daryosi suv havzalari baliqlarining tarqalishi boʻyicha 
geoaxborot ma’lumotlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. 
9. Surxondaryo havzasidagi baliqlarning tabiiy yashash sharoitlarini saqlab 
qolish va ularga ta’sir etuvchi antropogen omillarni kamaytirish uchun amaliy chora-
tadbirlar ishlab chiqildi. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli ilmiy kengash termiz davlat universiteti allayarov sirojiddin kamolovich

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish