|
RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI
|
bet | 3/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiI BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTNI
RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI
1.1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, ta’rifi va rivojlantirish modellari 1.1.1. Raqamli iqtisodiyot atamasining paydo bo‘lishi
Raqamli iqtisodiyotning paydo bo‘lishi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va Global Internet tarmog‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Raqamli iqtisodiyot», AKT va Internet tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan Internet dastavval 1995-yilda vujudga kelgan. O‘sha paytdan boshlab Internet orqali taqdim etiladigan turli xil xizmatlar - fayllarni uzatish, masofadan kirish (TELNET ), elektron pochta, qidiruv tizimlari, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar bilan to‘ldirilgan "virtual dunyo" ning paydo bo‘lishi haqida gapirish mumkin. Bugungi kunda Internet ulkan ko‘ngilochar, ta’lim, savdo, moliyaviy va siyosiy sohadir.
«Raqamli iqtisodiyot» atamasi ikki olimning nom-lari bilan bog‘liq-kanadalik iqtisodchi Don Tapskott va amerikalik axborot texnologiya (IT) mutaxassisi Nicholas Negroponte .
1995-yilda "Being Digital" kitobida Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" atamasini qo‘llagan. Ilmiy asarida uchta kesishidagan media tarmoqlarga (ommaviy axborot vositalar, (OAV) aloqa vositalari va kompyuterlar) asoslangan konvergentsiya modelini taklif etgan. Bunday birlashish natijasida yangi (raqamli) media shakllandi.
O‘sha 1995-yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapscottning “The Digital Economy» [4,13,22] kitobi nashrdan chiqadi. Unda Don Tapskot rivojlangan mamlakatlardagi jamiyatning evolyutsion tendensiyalarini tahlil qilish natijalarini bayon qildi. Axborot muhitni yangi iqtisodiyotga, ya’ni raqamli iqtisodiyotga aylantiradigan 12 muhim belgilarni keltirgan.
Bilimlar – biznesda va umuman iqtisodiyotda asosiy e’tibor inson kapitali – bilimdan foydalanishga qaratiladi. Raqamli iqtisodiyotda Bilim harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, boshqa an’anaviy manbalar ikkinchi darajali. Bilim bilan yangi imkoniyatlar tufayli kuch va hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirish yo‘li keladi. Bu shuni anglatadiki, tashkilotlar xodimlar to‘g‘risidagi fikrlarini o‘zgartirishga majburlanadi va ishchilarningaqliy qobiliyatini saqlab qolish va rivojlantirishga harakat qiladi.
|
| |