|
Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020
|
bet | 4/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiRaqamlashtirish – endi bilimlarni raqamli ravishda saqlash mumkin. Oldingi iqtisodiyotda ma’lumotlar analogli yoki jismoniy bo‘lgan va ma’lumot almashish faqat odamlarning bevosita aloqasi orqali amalga oshirilgan. Raqamli iqtisodiyotda axborotlar hisoblash qurilmalar yordamida raqamli shaklda ifodalangan. Bu dunyoning turli burchaklaridagi odamlar orasida qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi ma’lumotlarning erkin harakatlanishiga imkon beradi.
Virtuallashtirish – raqamli iqtisodiyotda jismoniy va moddiy Buyurmalarni virtual ko‘rinishga aylantirish mumkin. Demak, turli xil munosabatlarga (sanoat, ijtimoiy va boshqalar), tegishli bo‘lgan oldin qabul qilingan qoidalarni va iqtisodiy faoliyatning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi .
Dinamizm – an’anaviy tashkiliy tuzilmalar yanada dinamik ish muhitiga yo‘l beradi. Loyihalashtirish ishlari dunyoning turli burchaklaridan turib birga ishlayotgan odamlar tomonidan amalga oshirilsa yanada samaraliroq bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyotda ular “yengil tashkilot” deyiladi. Ular yangi sharoitlarda omon qoladi, "og‘ir tashkilotlar" esa statik, oxir-oqibat raqamli iqtisodiyot sharoitlarigamoslasha olomaganligi tufayli yo‘qolib ketadi.
Integratsiya – mikro darajada alohida tashkilot yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hisobiga kichik kompaniyalarning barcha afzalliklariga ega. Makro darajada, iqtisodiyot har doimgidek ishlaydi, chunki barcha ishtirokchilar – yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va boshqalar bir biri bilan aloqador bo‘lib birlashadi.
Vositachilarsiz ishlash – vositachilarda ehtiyoj bo‘lmaydi. Ko‘plab tashkilotlar o‘z mijozlari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi, bu esa yetkazib beruvchilar va mijozlar o‘rtasida axborot almashinuvini yengillashtiradi.
Konvergensiya – iqtisodiyotning yetakchi sohasi hisoblanadi, aloqa va Internet texnologiyalarining yaqinlashuvi sifatida yaratilgan. Bular birgalikda raqamli iqtisodiyot bog‘liq bo‘lgan platformalardan biri bo‘lgan interfaol multimedia yaratadilar.
Innovatsiya – Raqamli iqtisodiyot yangi mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalangan holda innovatsiyalarga asoslanadi. Innovatsion iqtisodiyotda inson tasavvuri va ijodkorlik qiymatning asosiy manbai hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotda asosiy muammo innovatsiyalarni rag‘batlantiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni yaratish murakkabligi.
|
| |