|
Buyumlar Internetining tarmoqlararo kontsepsiyalari
|
bet | 47/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buyumlar Internetining tarmoqlararo kontsepsiyalari
Buyumlar Internet kontsepsiyalari deyarli barcha sohalarga va yechimlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlarga – 1.6.3rasmda ko‘rsatilgandek, logistika va tijorat aqlli energiya, aqlli uylar va xizmatlar tizimlaridagi talab va javoblarni aniqlashga ta’sir qiladi . Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Buyumlar Interneti chiqindilarni boshqarish, shahar kesimida rejalashtirish, ekologik toza shahar atrof-muhitini saqlash, uzoq muddatli davolanish, favqulodda xizmatlar, aqlli xarid qilish, mahsulotlarni aqlli boshqarish, aqlli hisoblagichlar, uyni avtomatlashtirish va aqlli tadbirlar kabi sohalarda muhim rol o‘ynaydi. .
Aqlli energotizimlarda talab va mijozlar munosabati
Energiya, kommunal va qayta tiklanadigan energiya sanoatida aqlli tarmoqlarda talab va mijozlar munosabatini aniqlash, talab va javob o‘rtasidagi muvozanatni, ayniqsa qayta tiklanadigan energiya sanoatida muhim rol o‘ynaydi.
Bunday muvozanat shamol turbinalari va quyosh panellari kabi taqsimlanadigan va qayta tiklanadigan manbalarni doimiy ravishda taqsimlashda hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.
1.6.3-rasm. Buyumlar internetining tarmoqlararo konsepsiyasi
Buyumlar Interneti nuqtai nazaridan, ushbu sohalarda qabul qilingan qarorlar boshqa sohalarga bevosita ta’sir qiladi.
Masalan, avtomobillar, maishiy elektr jihozlari va maishiy texnika dizaynini tanlashda energiya kompaniyalarining takliflaridan foydala-
niladi va shu takliflarni joriy etish imkonyati hisobga olinadi.
Buyumlar Internetiga asoslangan talabni va mijozlar munosabatini aniqlash tizimlari axborotning turli manbalarni integratsiya qilish mumkin, jumladan taqsimlangan generatorlarining bashorat qilingan chiqish quvvati, elektr transport vositalari va aqlli maishiy texnikaning bashorat qilingan foydalanish kabi ma’lumotlarni birlashtiradi. Haqiqiy vaqt va oldingi davrlarning ma’lumotlarini ishlatib, IoT-ga asoslangan talab va javob tizimi ma’lum bir vaqt uchun balans nuqtasini hisoblab chiqishi va bashorat qilishi, zaruriy balansni saqlab qolish uchun nazorat ma’lumotlarini avtomatik ravishda generatorlar, elektr tarmoqlari va aqlli qurilmalarga yuborishi mum-kin. Masalan, yordamchi dastur yangi jihozlarni sotib olish o‘rniga tarmoqning ishonchliligi va yaxlitligini saqlab turishda katta miqdordagi mablag‘ni tejashga imkon beradi .
Buyumlar Internetining talab va javoblar tizimini yaxshilashiga yana bir misol – bu yo‘l trafikni tartibga solish. Transport sohasida rejalashtirish boyicha mutaxassislar va muhandislarreal vaqtda olingan modellashtirish ma’lumotlar va axborot sensorlardan olib, transport harakatini tahlil qila oladi. Keyin jamlangan ma’lumotlarni prognoz modellarda emas, balkim tartibga soluvchi chiroqlarni (svetofor) va avtomagistrallarning tartibga solinadigan yollaklarni boshqarish uchun vaqtni dinamik ravishda ishlatish maqsadida qo‘llaydi va shu asosda real vaqtda transport oqimlardagi tirband holatlarni oldini oladi va oqimni yahshilaydi.
|
| |