• II BOB. ELEKTRON BIZNES VA ELEKTRON TIJORAT
  •  O‘z-o‘zini tekshirish savollari




    Download 4,94 Mb.
    bet59/201
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,94 Mb.
    #232599
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

     O‘z-o‘zini tekshirish savollari



    1. Intellekt nima?

    2. Sun’iy intellektning paydo bo‘lish shart-sharoitlari

    3. Sun’iy intellektni rivojlantirish tarixi.

    4. Sun’iy intellektning asosiy xususiyatlari qanday?

    5. Sun’iy intellektga ta’rif bering.

    6. Sun’iy intellektning maqsadi nima?

    7. Qanday asosiy fanlar va yo‘nalishlar sun’iy intellektning negizini tashkil etadi?

    8. Sun’iy intellektni o‘rganish modellari va usullari qanday ?

    9. Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning asosiy tijorat yo‘nalishlari nimada ?

    10. Sun’iy intellekt asoschilari kimlar?

    II BOB. ELEKTRON BIZNES VA ELEKTRON TIJORAT


    2.1. Elektron tijoratning qisqacha tarixi va asoslari

    2.1.1. Elektron tijorat paydo bo‘lish shart-sharoitlar

    Elektron biznes tarixi XX asrning 60-70-yillari axborot texnologiyalari sohasida inqilobning boshlanishiga borib taqaladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal rivojlanishi korxonalar o‘rtasida va ularning ichida ma’lumotlar almashuvini soddalashtirish va arzonlashtirishga imkon berdi. Yirik korporatsiyalar hujjatli ishlarning yuki va xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, almashuv tezligini oshirish maqsadida, elektron ma’lumotlar almashuvining qog‘ozsiz texnologiyalarini joriy etishdi.
    Elektron tijorat davrining boshlanishini 1960-yil deb hisoblash mumkin. O‘sha paytda American Airlines va IBM reyslar uchun joylarni bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishni boshladilar – SABRE (Semi-Automatic Business Research Environment). Bu elektron tijorat tizimini yaratishda birinchi tajriba edi.
    XX asrning 60-yillarida AQSHda zahiralarni boshqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar boshlandi. Iste’mol tovarlarini keng miqyosli va ommaviy ishlab chiqarish va savdoning faol o‘sishi natijasida talablarni rejalashtirish va zahiralarni boshqarishning matematik modellaridan foydalanish xarajatlarni tejashga olib kelishi aniq bo‘ldi. Buyurtmalarning optimal hajmini tanlash korxonaning savdo-sotiq faoliyati samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biri ekanligi aniqlandi, chunki tovarlarning yetarli emasligi takroriy buyurtmalar paytida ma’muriy xarajatlarning oshishiga olib keladi va ortiqcha tovar esa pul mablag‘larning muzlatilishiga olib keladi.
    Elektron biznesni rivojlantirishdagi navbatdagi muhim davri XXasrning 60-yillari hisoblanadi. Bu moliyaviy-hisob operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradigan magnitli chiziq bilan qoplangan va yelim kredit kartalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
    1975-yilda frantsiyalik jurnalist RolanMorenoelektron xotira kartasini ixtiro qilgan va patentlagan. Shu ihtiro asosida 80-yillarning boshlarida Bull (Frantsiya)kompaniyasi mikroprotsessor o‘rnatilgan smart-kartani yaratdi va patentini oladi (2.1.1-rasm) .
    70-yillarning o‘rtalarida birinchi marta ma’lumotlar elektron almashish ( EDI ) va elektron pul o‘tkazmalari (EFT) vositalaridan foydalanishni boshladilar. Ma’lumotlar elektron almashuvitizimi ( EDI ) – bojxona deklaratsiyasi, buyurtmalar, fakturalar va hujjatlar – turli qimmatli qog‘ozlar elektron ro‘yxatdan bilan bog‘liq qoidalar va meyorlar majmui.


    Download 4,94 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201




    Download 4,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O‘z-o‘zini tekshirish savollari

    Download 4,94 Mb.