|
O‘z-o‘zini tekshirish savollari
|
bet | 62/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Elektron tijorat boshlangich davrini tavsiflang.
Elektron ma’lumotlar almashuvi(EDI) mohiyati nimada?
Elektron raqamli imzo g‘oyasini kim yaratgan?
S.W.I.F.T. nima degani?
EDIFACT nima va u qachon paydo bo‘lgan?
ARPAnet tarixi va uning roli haqida aytib bering .
Global Internet rasman qachon ishga tushirilgan?
Elektron biznesni rivojlantirishning asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
2.2.1. Elektron biznes tushunchasi va ta’riflari
Biznes – bubozor ishtirokchilariningkapitalni ishlatishdanfoydani (yoki boshqa daromad shakllari) olishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bilan bog‘liq munosabatlari.
Biznes – tashabbuskorlik asosidagi iqtisodiy faoliyat bo‘ib, daromad olish va o‘z biznesingizni rivojlantirishga maqsadlangan, tavakkalchilik va javobgarlik hisobiga o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Kapitalistik munosabatlar kabi biznes quyidagilar bilan tavsiflanadi:
muayyan biznesga investitsiya qilingan dastlabki kapitalning mavjudligi;
boshlang‘ich kapitalga investitsiyalarning maqsadi - investitsiya qilingan kapital bo‘yicha foyda (daromad) olish;
bozorning boshqa ishtirokchilari bilan (boshlang‘ich kapital, keyingi kapital) kapitaldan foydalanish borasida muayyan munosabatlar o‘rnatish.
Jismoniy shaxslar biznesni amalga oshirishdagi iqtisodiy munosabatlar shu qadar murakkab va ko‘p qirraliki, ular ushbu faoliyat chegaralarini aniq belgilab bermaydilar. Shuning uchun tadbirkorlik faoliyati huquqiy tushuncha sifatida belgilanadi.
Biznes har doim inson faoliyatining huquqiy shakli bo‘lib, uni faqat qonun bilan belgilangan boshqaruv shakllaridan biri doirasida amalga oshirish mumkin.
|
| |