|
Elektron biznesni rivojlantirish avlodlari
|
bet | 65/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiKompaniyaning rentabelligi
Reklama faoliyatidan daromadni olish.
Elektron biznesni rivojlantirish avlodlari
Internet biznes maqsadlarida ishlatila boshlanganidan beri elektron biznesning ikki avlodi o‘tdi. Hozirgi vaqtda uchinchi avlodning shakllanishi davom etmoqda.
2.2.1-jadval Elektron biznesning birinchi avlodi
Nomi
|
Xususiyatlari
|
Ta’rif
|
Web-marketing (el-
ektron kataloglarni avlodi)
|
Bitta yetkazib beruvchi - ko‘plab mijozlar
Markaz - yetkazib beruvchi
Elektron kataloglar
Mijozlar hujjatlarni ko‘rishadi
Asos - Web ( HTML )
Asosiy tamoyil –so‘rovnoma
|
Kompaniya, uning mahsulotlari va xizmatlari haqida ma’-
lumot beruvchi web-
serverning mavjudligi Ta’minotchi tomonidan ma’lumot berish avtomatlashtirilgan,
ammo buyurtmalarni qabul qilish, odam-
larning ishtirokida bo‘lishi lozim
|
2.2.2-jadval Ikkinchi avlod elektron biznes
Nomi
|
Xususiyatlari
|
Ta’rif
|
Elektron tijorat
|
Bitta yetkazib beruvchi - ko‘plab mijozlar
Markaz - mijoz
Brauzer yordamida buyurtmalarni kiritish
Kirish darajasining sozlanishi
Ichki axborot tizimi bilan integratsiya
Ko‘lamligi
IT bo‘limini qo‘llab-quvvatlash
|
Biznes xizmatlarini taqdim etadigan web-
serverning mavjudligi (masalan, buyurtmalarni joylashtirish va
qabul qilishni boshqarish)
Xaridor tomonidan, ham ma’lumot berish, ham buyurtmalarni
qabul qilish avtomat-
lashtirilgan, ammo mijozning qarorlarni
qabul qilish tizimida
ma’lumotlar integratsiyasi uchun
odamlarning ishtiroki lozim.
|
Birinchi avlod elektron biznesi, mijozlarning talablarini kengaytirib, o‘zaro ta’sir va samaradorlikni oshirishga turtki bo‘ldi. Bu ikkinchi avlod elektron biznes tizimlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, unda yetkazib beruvchilar o‘zlarining web serverlarini va ichki tijorat tizimlarini elektron tijorat xizmatlarini amalga oshirish uchun birlashtirdilar.
Uchinchi avlod tizimiga yetkazib beruvchilar Web – saytlari va serverdagi o‘z ma’lumotlarni o‘rniga yetkazib beruvchi va mijozlarning tizimlariga bevosita yetkazish xosdir. Mijoz qaerda bo‘lishidan qat’i nazar, mijozga istalgan vaqtda, uning kompyuterida, mobil telefonida, serverdan serverga ma’lumotni yetkazib berishni ta’minlash kerak.
|
| |