Biznesning tuzilishi va subyektlari




Download 4,94 Mb.
bet63/201
Sana14.05.2024
Hajmi4,94 Mb.
#232599
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Biznesning tuzilishi va subyektlari


Tadbirkorlik subyektlari (tadbirkorlar) bozorda o‘z harakatlarini erkin amalga oshiradigan kapitalning yagona egalari - jismoniy shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritayotgan korxonalarning egalari bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarda har yili yuz minglab odamlar shaxsiy kapitaliga tavakkal qilib, yangi korxonalarni ochadilar.
Ko‘pincha "biznes" tushunchasi "tadbirkorlik" va "tijorat" tushunchalari bilan adashtirishadi.
Biznes – bu ishlab chiqarish sohasida daromad olish yoki boshqa shaxsiy manfaatlar keltirib chiqaradigan faoliyatning har qanday turi. Ammo iqtisodiy faoliyat moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohasida amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun biznesni tadbirkorlik (moddiy ishlab chiqarish sohasidagi iqtisodiy faoliyat) va tijorat (nomoddiy sohadagi iqtisodiy faoliyat ) ga ajratish to‘g‘riroqdir . Tadbirkorlik faoliyati natijasi - moddiy tovarlar (tovarlar), tijorat - nomoddiy tovarlar (xizmatlar).
Biznesni uchta asosiy shaklda amalga oshirish mumkin:

  • yakka tartibdagi yoki xususiy tadbirkorlik;

  • sheriklik;

  • korporatsiyalar (aktsiyadorlik jamiyati).

Yakka tartibdagi tadbirkorlik - bu bitta shaxsga tegishli bo‘lgan biznes. Shaxsiy biznesning egasi bir vaqtning o‘zida menejer vazifasini bajaradi. Bu biznesning eng keng tarqalgan shakli, kichik do‘konlar, xizmat ko‘rsatish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, advokatlar, shifokorlar va boshqalarning kasbiy faoliyati uchun xarakterlidir.
Sheriklik – bu ikki yoki undan ortiq odamlarga tegishli bo‘lgan biznes. Hamkorlikning afzalliklari shundaki, uni tashkil etish oson, sheriklar ittifoqi qo‘shimcha mablag va yangi g‘oyalarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Kamchiliklarga quyidagilar kiradi:

  • cheklangan moliyaviy resurslar;

  • sheriklik maqsadlarini uning ishtirokchilari tomonidan noaniq tushunish;

  • birgalikda sotib olingan mol-mulkni taqsimlashda har bir ishtirokchining sheriklikning daromadlari va zararlaridagi ulushini aniqlashning qiyinligi.

Korporatsiya – bu yagona yuridik shaxs sifatida qo‘shma tadbirkorlik faoliyatni olib borish uchun birlashtirilgan shaxslar yig‘indisi. Korporatsiyaning mulkiga egalik qilish aktsiyalar bo‘yicha qismlarga bo‘linadi. Shuning uchun korporatsiyalarning egalari aktsiyadorlar, korporatsiyaning o‘zi esa aksionerlik deb ataladi. Korporatsiyalar egalari aktsiyalarga qo‘shgan hissalari bilan belgilanadigan korporatsiyaning qarzlari bo‘yicha cheklangan javobgarlikka ega.
Korporatsiyalarning afzalliklari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • aktsiyalar va obligatsiyalarni sotish orqali pul mablag‘larini jalb qilishning cheksiz imkoniyatlari;

  • aktsiyadorlarning huquqlari mulkiy va shaxsiy huquqlariga bo‘linishi.

Biznesni tashkil etishning korporativ shaklining kamchiliklari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • aktsiyadorlarga dividend ko‘rinishida to‘lanadigan korporatsiya daromadlari qismiga ikki marotaba soliqqa tortilishi: birinchi marta korporatsiya foydasidan, ikkinchi marta aksiyadorning shaxsiy daromadidan;

  • iqtisodiy jinoyatlar uchun qulay imkoniyatlar. Hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan aksiyalarni chiqarish va sotish mumkin;

  • mulk va nazorat qilish vazifalarni ajratish. Aksiyalari ko‘plab egalari o‘rtasida taqsimlangan korporatsiyalarda boshqarish funksiyasi egalik funktsiyasidan ajralib qoladi. Aksiyadorlar maksimal dividendlardan manfaatdor bo‘lsa menejerlar esa pulni muomalaga kiritish uchun ularni kamaytirishga harakat qilmoqdalar.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi bilan ichki rejalashtirish va boshqarish, marketing, savdo, moliyaviy tahlil, to‘lovlar, xodimlarni ahtarish,mijozlar va hamkorlarni qo‘llab-qo‘vvatlash Internetda muhitiga amalga oshira boshlandi.
Shuni ta’kidlash kerakki, elektron biznes elementlari uzoq vaqtdan beri mavjud - ko‘plab kompaniyalar yillar davomida elektron ma’lumotlarni almashish (Electronic Data Interchange, EDI ) kabi avtomatlashtirilgan biznes tizimlaridan foydalanib kelishmoqda.
XX asrning 90-yillar boshidan Internet ommaviy ishlatilishi bilan biznesda “e - biznes" atamasi keng tarqalib ketdi. “Elektron biznes” atamasi IBM bosh direktori L. Gerstner tomonidan muomalaga kiritilgan.
Elektron biznes tushunchaning ko‘plab mavjud turli xil ma’noni anglatadigan ta’riflar mualliflar kasbiy tayorgarligi va tajribaga mos keladi.
Quyida ushbu elektron biznes ta’riflarining ba’zilari keltirilgan.

  1. Elektron biznes – asosiy biznes - jarayonlarni Internet - texnologiyalar yordamida qayta ishlash.

  2. Elektron biznes – biznes - hamkorlar o‘rtasida optimal o‘zaro aloqani ta’minlash va qushilgan qiymatning birlashgan zanjirini yaratish. maqsadida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ishlatish asosida bitimlarni o‘tkazish imkonini beradi Elektron biznes savdo, marketing, moliyaviy tahlil, to‘lovlar, xodimlar bilan ishlash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va hamkorlik munosabatlarga ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi.

  3. Elektron biznes deganda tashkilotning mahsulot va xizmatlarini doimiy optimallashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalardan va Internet yordamida asosiy aloqa vositasi sifatida Internet tarmog‘idan foydalanish.

  4. Elektron biznes – bu daromad olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni o‘zgartirish uchun global axborot tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalanadigan har qanday biznes faoliyati .

  5. Elektron biznes – bu axborot- telekommunikatsiya texnologiyalari, tizimlari va tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalangan holda biznes-jarayonlarni amalga oshirish .

Ushbu ta’riflarning barchasida asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internetdan foydalanish bilan bog‘liq jarayonlarni aks ettirganini ko‘rishingiz mumkin.

Download 4,94 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201




Download 4,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biznesning tuzilishi va subyektlari

Download 4,94 Mb.