|
Xarid qilish usullari bo‘yicha
|
bet | 71/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xarid qilish usullari bo‘yicha
Oddiy savdo jarayonida xaridor tomonidan tovarlarni sotib olish shaxsan sodir bo‘ladi. Elektron do‘konda tovar sotib olayotganda, xaridor Internet orqali ro‘yxatdan o‘tish va buyurtma berishdan o‘tadi.
Kirish imkoniyati bo‘yicha
Har qanday elektron do‘konlar dunyoning deyarli har bir burchagidagi mijozlar uchun mavjud. Shuning uchun, u sayohatlar va xizmat safarlarida zarur tovar va xizmatlarni tanlashda cheklanmagan. Bunday do‘konlar kun bo‘yi ochiq bo‘lib, odatiy do‘konlarda bo‘lgani kabi ko‘plab xaridorlarning navbati yo‘q. Xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda xarid qilish imkoniyatiga ega .
Elektron tijorat bozor sifatida
Elektron bozor deganda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarining rivojlangan tuzilmalar sharoitida o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflangan uning ishtirokchilari va ularning o‘zaro munosabatlari jarayonlarini tushunimiz mumkin.
Elektron bozor an’anaviy jismoniy bozorga qaraganda ancha mukammal raqobat bilan ajralib turadi. Elektron bozorda ko‘plab sotuvchilar va xaridorlar ishlaydi, bozorga yangi ishtirokchilar kirib borishi uchun hech qanday to‘siqlar yo‘q, barcha ishtirokchilar ma’lumot olish huquqiga ega.
Elektron bozorda tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari ishtirok etadilar .
Aloqa sohasidagi o‘zgarishlar iste’molchilarga tovarlar va xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot olish, buyurtmalar berish, mahsulotlarni to‘lash vositalariga ta’sir etayapti.
Elektron bozor ko‘p jihatdan oddiy bozorga o‘xshaydi, uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
o‘yinchilar (kompaniyalar, yetkazib beruvchilar, vositachilar, do‘konlar va mijozlar);
mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar);
jarayonlar (ta’minot, ishlab chiqarish, marketing, raqobat, taqsimlash, iste’mol va boshqalar).
Farqi shundaki, elektron bozor elementlari (hech bo‘lmaganda ularning bir qismi) virtual (elektron) bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, potentsial xaridor va sotuvchilarning katta soniga etishish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq afzalliklarga qaramay, elektron bozor an’anaviy bozorlarga xos bo‘lgan barcha muammolarni hal qila olmaydi. Bundan tashqari, u o‘z muammolarini keltirib chiqaradi. Avvalo, u elektron bitimlar samaradorligini kamaytiriradigan yangi turdagi xarajatlar paydo bo‘lishi.
Elektron (raqamli) mahsulotlar talabga moslashuvchanligi yo‘qori. Xaridorning ehtiyojlariga oid ma’lumotlar taqdim etilayotgan mahsulot turlarini sezilarli darajada kengaytirishi mumkin. Bunday yetarlicha tabaqalashtirilgan va segmentlangan bozorda narxlar xaridor to‘lashga rozi bo‘lgan maksimal darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
|
| |