Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020




Download 4,94 Mb.
bet69/201
Sana14.05.2024
Hajmi4,94 Mb.
#232599
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   201
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.3.1-rasm. Elektron biznesda elektron tijoratning o‘rni
Elektron tijorat deganda tomonlar o‘rtasida o‘zaro axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, tizimlari va tarmoq imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan har qanday shakldagi bitimlar.
Elektron tijorat bu mahsulotni yetkazib berish shakli bo‘lib, unda tovarlarni tanlash va buyurtma qilish kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladi va xaridor, yetkazib beruvchi o‘rtasidagi to‘lovlar elektron hujjatlar yoki to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar ham, tashkilotlar ham tovarlar (yoki xizmatlar)ning xaridorlari sifatida ishtirok etishlari mumkin (2.3.2-rasm).
Buyurtma shakli

2.3.2-rasm. Biznes ishtirokchilarining o‘zaro ta’siri
Elektron tijorat va elektron biznes o‘rtasidagi asosiy farqlar :

  • elektron biznes tijorat komponentiga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin ;

  • elektron tijorat - telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda marketing, sotish, tovarlar / xizmatlarni sotib olishdan iborat bo‘lgan elektron biznesning cheklangan ko‘rinishi;

  • elektron biznes bir nechta kompaniyalarni zanjirga birlashtirish orqali qo‘shilgan qiymat ketma-ketligini qo‘llabquvvatlaydi;

  • elektron biznesning asosiy e’tibori yetkazib berish zanjirlarini va kompaniyaning ichki faoliyatini boshqarish Elektron tijorat obyektlari :

  • qonun hujjatlariga muvofiq egallabolishi mumkin bo‘lgan tovarlar, shu jumladan, moddiy aktivlar, mahsulotlar, buyumlar, xom ashyo, sanoat maqsadlari uchun mahsulotlar va boshqa mulk huquqi obyektlari;

  • ish;  xizmat.

Elektron tijorat subyektlari :

  • shaxslar mulkchilik shaklidan va yuridik - huquqiy shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar, shu jumladan chetellik yuridik shaxslar;

  • moliyaviy institutlar;

  • boshqa yuridik shaxslar;

  • davlat huquq subyekti sifatida;

  • hokimiyat organlari;

  • elektron tijoratda qatnashadigan davlat tashkilotlari vakillari:

  • elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar;

  • tegishli tovarlar, ishlarning xaridorlari va buyurtmachilari yoki xizmatlar.

Dastlab,elektron tijorat deganda kompyuter tarmoqlari orqalitovarlarni sotish va mablag‘larni o‘tkazish tushuniladi.
Kredit yoki telefon kartasidan foydalanganda, biz elektron tijoratda ishtirok etamiz.
Banklar elektron to‘lov tizimlari yordamida mablag‘lari o‘tkazmalarini amalga oshirganda, ular elektron tijoratda qatnashadi. Biroq, bank to‘lov tizimlari ochiq bo‘lmaydi. Bunday tizimning ishlash imkoni unda ishtirok etayotgan banklar yoki ma’lum bir bank mijozlari bilan cheklanadi.
Shu bilan birga, Internet ochiq tizim bo‘lib, foydalanuvchilarning o‘zaro harakatining mutlaqo yangi turini anglatadi.
Shu sababli, endi "elektron tijorat" atamasi Internetdan foydalanish mumkin bo‘lgan deyarli barcha jihatlarni qamrab oladi.
Elektron tijoratning quyidagi ikki jihatini ajratib ko‘rsatish mumkin :

  • Elektron tijorat Internetda savdo sifatida. Elektron tijorat Internetdan foydalangan holda tovarlar va xizmatlarni sotishni o‘z ichiga oladi.

  • Elektron tijorat bozor sifatida. Elektron tijorat faqatgina mahsulotlarni sotib olish va sotish bilan cheklanmaydi. Masalan, virtual do‘kon nafaqat o‘z Internet-foydalanuvchilariga o‘z mahsulotlarini taklif qilishi, balki mahsulot etkazib beruvchilarni izlashi, ular bilan shartnomalar tuzishi, to‘lovlarni amalga oshirishi, xodimlarni yollashi va Internet orqali marketing kampaniyalarini o‘tkazishi mumkin. Shu bilan birga, elektron tijorat jarayonida ishtirok etadigan kompaniyalar bu haqda hatto xabardor bo‘lmasliklari mumkin. Elektron tijorat tovarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va almashish jarayonlariga, shuningdek, iste’molchining mahsulot to‘g‘risida qanday ma’lumot olishi va savdo bitimi tuzishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Download 4,94 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   201




Download 4,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020

Download 4,94 Mb.