|
Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020
|
bet | 77/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiHukumat
( G )
|
G2g
Muvofiqlashtirish
|
G2b Ma’lumot
|
G2c Ma’lumot
|
Biznes (B)
|
B2G
Davlat xaridlari
|
B2B
Kompaniyalar o‘rtasidagi
savdo bitim-
lari
|
B2C
Chakana savdo
|
Iste’molchi (C)
|
C2G
Soliq
|
C2B
Narxlarni taqqoslash
|
C2C
Auksion bozorlari
|
2.4.1-rasm. Tijoratni tashkil etish modellari
Hozirda elektron tijoratning 3 ta subyekti - biznes ( B ), davlat ( G ) va iste’molchi ( C ) tomonidan keng foydalaniladi. Elektron tijoratni tashkil etish modellarini batafsil ko‘rib chiqamiz .
B2B Model - ( Business–to Business, Biznesdan - Biznesga)
B2B atamasi odatda onlayn xizmatlarning keng doirasini anglatadi, ularda biron bir tarzda, xususiy shaxslar emas, balki korxonalar va kompaniyalar qatnashadilar. B2B sektorida kompaniyalar bir-birlariga sotadigan tovarlar va xizmatlar sotiladi. Asosiy tovar va pul aylanmasi korporativ muhitda ro‘y beradi va iste’mol bozoriga deyarli kirmaydi.
B2B – bu faoliyat turi bo‘lib, Internet orqali ikki kompaniya o‘rtasida biznes yuritish ma’nosini bildiradi (bitim - ixtiyoriy bozor bitimi va taraflarning kelishuvi bilan amalga oshiriladigan qo‘shma iqtisodiy faoliyat hisoblanadi).
Internetda ushbu turdagi faoliyat kompaniyalar uchun eng istiqbolli hisoblanadi. Bu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yangi darajadagi savdo aloqalarini o‘rnatishga imkon beradi va ular o‘rtasidagi sheriklik uchun yaxshi zamin yaratadi.
Bozor ochilib bormoqda va mahalliy bozorda o‘zaro hamkorlik qilish va zarur xizmatlarni sotib olishuchun ko‘plab imkoniyatlar yaratadi va mavjud chet eldan materiallar va asbob-uskunalarni olib kirishdan yoki biznes sherikini uzoq vaqt izlashlashdan ozod qiladi. Xalqaro ma’noda elektron tijorat kompaniyaga global bozorda yuqori faollik qilish uchun yaxshi imkoniyat beradi.
B2B tizimi oddiy foydalanuvchilar, boshqa mumkin bo‘lgan hamkorlar uchun ochiq ham bo‘lishi mumkin, shu bilan, yopiq ham bo‘lishi mumkin, yani faqat ma’lum hamkorlar yoki ishchi guruh va faqat ma’lum bir texnologik vazifalarni amalga oshirish uchun mo‘jallangan bo‘ladi.
Ushbu modeldan foydalangan holda elektron tijorat yagona axborot tarmog‘i orqali amalga oshirilishi mumkin (2.4.2-rasm).
B2B saytlari orasida funktsional imkoniyatlari bilan quyidagi guruhlarni ajratish mumkin:
Kataloglar. Ular B2B turidagi saytning eng arzimas versiyasi bo‘lib, unda xaridor tomonidan belgilangan narxdagi mahsulot sotuvchisini topadi ;
|
| |