|
Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020
|
bet | 80/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiB2G modeli (Business – to - Goverment, Biznesdan -
Hukumatga)
Model B2G - biznes va davlat o‘rtasidagi munosabatlar modeli front - office и back - office front - office и back - office.
Davlat deganda turli davlat tuzilmalari tushunilishi kerak. Ularga armiya, milliy gvardiya, xavfsizlik organlari, sud, Oliy Majlisi va boshqalar kiradi.
Davlat sektoriga turli darajadagi ta’lum muassasalar: maktablar, bolalar bog‘chalari va oliy ta’lim muassasalar kiradi.
Davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlari: kasalxonalar, klinikalar, tibbiy markazlar.
Madaniy va ilmiy muassasalar : fanlar akademiyalari, kutubxonalar, muzeylar va teatrlar va boshqalar.
Shunday qilib, B2G savdolari – tovar va xizmatlarni sotadigan kompaniyalarning mijozi davlat muassaslari bolib, davlat tuzilmalarning ehtiyojlari uchun biznes-yechimlarni ishlab chiqarish va taqdim etish jarayoni. Har qanday tashkilot singari, davlat ham tovarlar va xizmatlarni sotib oladi va sotib olish uchun byudjetning eng katta egasi bo‘lib, ushbu bozor munosabatlari qoidalarini o‘rnatishda tashabbuskordir. Ijtimoiy soha muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab-quvvatlashi uchun unga sinchkovlik bilan tanlangan yetkazib beruvchilar va sotuvchilar murojaat qiladigan tovarlar yoki xizmatlar kerak.
B2G modelidagi munosabatlar shakllari
Asosan, B2G sektorida davlat idoralari bilan biznes aloqalarining quyidagi tizimlari ajratilgan:
Hukumat tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib berishga bo‘lgan talablari.
Ijara ko‘rinishdagi o‘zaro aloqalari - ijaraga olish uchun korxona binosi so‘ralganda.
Uskuna lizingi - kompaniyaning uskunalarini lizingga berish to‘g‘risida shartnoma tuzilganda.
Xususiy - davlat sherikchilik.
Konsessiya shartnomalari.
B2G asosiy vositasi sifatida davlat, mahalliy hokimiyat organlari (hokimiyatlar), boshqa davlat organlari va idoralari ehtiyojlari uchun sotib olinadigan haridlar.
Davlat xaridlari o‘ta murakkab tartibga soluvchi qonunlar bilan tavsiflanadi. Davlat muassasalarining barcha xaridlari alohida respublika va mahalliy qonunlar, ayrim vazirlik va idoralarning qoidalari va tavsiyalariga asoslanadi. Har bir davlat xaridlari yuqorida aytib o‘tilgan barcha qonunlar va tavsiyalarga javob berishi kerak.
B2G-ning yana bir vositasi bu xususiy - davlat sheriklik - ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni o‘zaro manfaatli sharoitlarda hal qilishda davlat va biznesning o‘zaro munosabatlarning shakli hisoblanadi. Investitsiyalashning yangi obyektlariga biznesning qiziqishi ortayotgan bir paytda, davlat ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishda biznes subyektlaridan moliyaviy yordam va ko‘mak oladi. B2G bozorining xos xususiyatlari Bularga quyidagilar kiradi :
Haridlar qilish uchun qarorni qabul qilish murakkab va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan jarayoni ;
Tenderli sotib olish tizimi;
Moliyaviy sharoitlarning o‘ziga xosligi va murakkabligi, shuningdek, xarid qilish mexanizmlari ;
Davlat idoralari va ularga xizmat ko‘rsatadigan kom paniyalar o‘rtasidagi munosabatlarning izchilligi ;
Katta ko‘lamligi;
Barcha o‘zaro ta’sir jarayonlarida ma’muriy resursni jalb
qilish ;
Haridorni motivatsiya omillari birinchi darajali;
Ma’sul shaxslarning yashirin individual motivlari (martaba o‘sishi, pul mukofotlari, boshqaruvni tan olish va boshqalar) jiddiy ta’sir ko‘rsatadi ;
Qaror qabul qilishning asosiy omillariga asoslangan yetkazib beruvchilar takliflari o‘rtasida raqobat ham mavjud.
B2G bozori quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Davlat ehtiyojlari uchun sotib olish jarayoni qonuniy tartibga solinadi.
Talab va taklif o‘rtasidagi munosabatni tashkil qilishning asosiy usuli – bu tizimli xaridlari, uning mohiyati tanlangan sotuvchidan yechimlarning to‘liq to‘plamini sotib olishdir.
|
| |