|
Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020
|
bet | 68/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiOnlayn do‘konlar
|
|
Kontent-loyihalar ( e-content)
|
Reklama biznesini yuritish uchun saytni vizual ravishda bepul to‘ldirish va tashrif buyuruv-
chilarni jalb qilishni talab qiladigan harakatlar
|
Axborot vositachilari
|
Kataloglar, reytinglar, qidiruv tizimlari
|
Internetda ish yuritish
|
Davriy internet nashriyotlari, yangiliklar saytlari va hk.
|
Internet-marketing (sotish)
|
Qidiruv tizimlarida web-saytlarni reklama qilish ( e - marketing )
|
Reklama biznesi
|
|
Aloqa xizmati
|
E-mailva aloqavositasi(e-telecommuting)
|
Web – ijodiyot
|
saytlar yaratish, web-dasturlash, web - dizayn, saytlar reklamasi
|
Tarmoq marketingi
|
Do‘kondan tashqari chakana shakl
|
Dasturiy ta’minot va raqamli mahsulotni
ishlab chiqish
|
|
Xizmatlar - yetkazib beruvchilar
|
Tarmoq xizmati provayderlari, xosting, domen provayderlari
|
O‘z-o‘zini tekshirish savollari
Biznes haqida tushuncha bering.
Biznesning xususiyatlari aytib bering.
Biznesning tuzilishi va subyektlari nima?
Biznesni qanday shakllarda amalga oshirish mumkin?
Yakka tartibdagi tadbirkorlik ma’nosi nimada?
Sheriklik nima?
Elektron biznes qachon va qanday qilib boshlangan?
Elektron biznesni ta’rifini bering.
Elektron biznesning maqsadi va asosiy yo‘nalishlari.
Elektron biznesning asosiy turlarini aytib o‘ting.
2.3. Elektron tijorat samaradorligi haqida asosiy tushun-
2.3.1. Elektron biznes va elektron tijorat o‘rtasidagi farqlar
Elektron biznes – bu eng keng tarqalgan tushuncha. U raqamli texnologiyalardan foydalangan holda bozor subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning har qanday shaklini o‘z ichiga oladi :
ma’lumot almashish;
bozorni o‘rganish;
potensial mijozlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish;
sotishdan oldin va sotishdan keyingi davrda mijozni qo‘llab-quvvatlash, masalan, mahsulotlar va xizmatlar, mijozlar savollariga javoblar va hokazolar haqida batafsil ma’lumot taqdim etish;
tovarlar va xizmatlarni sotish;
elektron to‘lov, shu jumladan, elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda;
mahsulotlarni tarqatish, shu jumladan, yetkazib berishni boshqarish va jismoniy mahsulotlarni kuzatish, shuningdek, elektron shaklda tarqatilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berish;
virtual korxonalarni tashkil etish imkoniyati – yakka tartibdagi mutaxassislar guruhi yoki qo‘shma faoliyatni olib borish uchun mustaqil kompaniyalar;
kompaniya va uning savdo sheriklari tomonidan birgalikda boshqariladigan biznes-jarayonlarni amalga oshirish .
Elektron tijorat elektron biznesning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tovarlarni sotish yoki Internet orqali xizmatlar ko‘rsatish kabi elektron tizimlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan bitimlar bilan cheklanadi.
Elektron biznesda elektron tijoratning o‘rni 2.3.1-rasmda keltirilgan.
|
| |