|
Raqamli iqtisodiyotda biznesni tashkil etishning xususiyatlari reja
|
bet | 1/3 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 7,96 Kb. | | #158290 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyotda biznesni tashkil etishning xususiyatlari r-fayllar.org
Raqamli iqtisodiyotda biznesni tashkil etishning xususiyatlari reja
4-MAVZU. RAQAMLI IQTISODIYOTDA BIZNESNI TASHKIL ETISHNING XUSUSIYATLARI
REJA:
5.1. Raqamli iqtisodiyotda texnika va texnologiyalarning xususiyatlari. Kelajak texnologiyalari
5.2. Katta ma’lumotlar (Big data) va analitika, ma’lumotlar bazasini tashkil etish
Milliy iqtisodiyotlarning yangi iqtisodiyot namoyon bo‘lishi raqamli shakllarining jadal rivojlanishi tomon o‘zgarishi bu sohada nazariy tadqiqotlar va bahs-munozalarning kengayishi uchun ham, milliy iqtisodiyot rivojlanishining texno-raqamli platformasini yaratishga qaratilgan oliy boshqaruv organlarining amaliy dasturiy harakatlari uchun ham dolzarb gipoteza hisoblanadi.
Yangi texnologiyalar (ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqa) paydo bo‘lishi va joriy qilinishi iqtisodiyot uchun juda ko‘p sonli ijobiy samaralar va natijalarga olib kelishi mumkin:
mehnat unumdorligining ortishi;
kapitallashuv ortishi;
turmush sifatining yaxshilanishi;
yangi bozorlar shakllantirilishi;
resurslarni (aktivlar, kapital, vakolatlar) utilizatsiya qilish samaradorligi ortishi;
raqobatbardoshlik o‘sishi;
xavfsizlik o‘sishi;
xalq farovonlini strategik rivojlanish sifatining ortishi.
5.1. Raqamli iqtisodiyotda texnika va texnologiyalarning xususiyatlari. Kelajak texnologiyalari
Ushbu sohada mavjud tadqiqot natijalariga tayanib, raqamli iqtisodiyot predmetli sohasining quyidagi ta’rifini taklif qilish mumkin:
Raqamli iqtisodiyot bu – mavjudlikning texnoraqamli shakli tovar va xizmatlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimli yig‘indisi. Iqtisodiy munosabatlarning texnoraqamli tabiati raqamli iqtisodiyotni boshqalardan ajratib turadigan asosiy belgilar hisoblanadi.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 9 mlrd dollar atrofida mablag‘ sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd dollardan ziyod bo‘lgan Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning to‘g‘ri yo‘naltirilganini isbotladi.
|
| |