|
Katta ma’lumotlar (Big data) va analitika, ma’lumotlar bazasini
|
bet | 3/3 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 7,96 Kb. | | #158290 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyotda biznesni tashkil etishning xususiyatlari r-fayllar.org5.1. Katta ma’lumotlar (Big data) va analitika, ma’lumotlar bazasini
tashkil etish
Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan.
Katta hajmli maʼlumot (inglizcha: Big data) — katta hajmdagi ma´lumotlarga nisbatan qo´llanadigan termin hisoblanadi (odatda terabayt, ekzabayt va petabaytlar darajasida). Ushbu ma´lumotlarni amaldagi va yangi yaratilayotgan texnologiyalar yordamida to´plash, taqsimlash, o´zgartirishlar kiritish, tahlil qilish, saqlash va vizual shaklda tasvirlash imkoni bo´lishi kerak. Ma´lumotlar miqdorining tez o´sishiga so´nggi yillarda kuzatilayotgan texnologik taraqqiyot va buning natijasi hisoblanmish mashina tomonidan yaratilayotgan ma´lumotlarning ko´payib borishi sababchidir.
Katta ma’lumotlar (Big Data) – inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan) ma’lumotlar qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar yig‘indisidir.
Katta ma’lumotlar katta hajm bilan, xilma-xillik va yangilanish tezligi bilan taviflanadi, bu axborot bilan ishlash standart usullari va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta ma’lumotlar texnologiyasi bu – katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish vositasidir.
Katta ma’lumotlar bilan ishlash usullari ular uchun zarur bo‘lgan axborot manbalari bo‘lib quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
internetda foydalanuvchilar xulq-atvori;
avtomobillardan transport kompaniyasiga GPS-signallar;
bankning barcha mijozlari tranzaksiyalari haqida axborot;
yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlar haqida axborot;
ko‘p sonli shahar IP-videokameralaridan olingan axborot;
sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarish datchiklaridan axborot va h.k.
Dasturni amalga oshirish ilg‘or texnologiyalar joriy qilish yo‘lidagi huquqiy to‘siqlarni tugatish; raqamli iqtisodiyot uchun infratuzilma yaratish (tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, apparat qismi), ta’lim tizimini takomillashtirish, mahalliy kompaniyalarni – raqamli texnologiyalar sohasida vakolatlar markazlarini qo‘llab-quvvatlash va boshqalarga yo‘naltiriladi. Dastur maqsadlari: 1) O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyot ekotizimi yaratish; 2) raqamli iqtisodiyot, institutlar va infratuzilmani rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; 3) global bozorda raqobatbardoshlikni oshirish.
http://fayllar.org
|
| |