O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARNI
RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY
NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITITETI FARG’ONA FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI “
FAKULTETI
613-21 guruh
talabasi
IBROHIMOV BEKZODJONNING
MA’LUMOTLAR
BAZASI fanidan bajargan
MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: ____IBROHIMOV.B____
Qabul qildi: ____DILSHODOV.A ____
Mavzu: Fergana konserva zavodi
.
Mundarija
:
KIRISH
«Dunyoda IT sohasi shu
darajada rivojlanib ketyaptiki, endilikda ayrim
kompaniyalar ushbu yo‘nalishda universitetni bitirganlarni ishga olmayapti. Chunki ular
o‘qigan o‘quv dasturlari ushbu rivojlanish bilan birga yangilanishga ulgurmayapti. Bu
sohani yaxshi bilganlar bozorda rosa talash. Narxlar baland. Keyin ham faqat shunaqa
bo‘ladi. Eng katta pul aynan shu yo‘nalishda.
Eng asosiysi, aytishnik bo‘lish uchun
diplom kerak emas. Pul topmoqchimisiz? Yaxshi yashamoqchimisiz? Boy
bo‘lmoqchimisiz? Maybax yoki X7 da yurmoqchimisiz? Erkin, o‘zingizga xon
bo‘lmoqchimisiz? Faqat IT yo‘nalishiga o‘zingizni yo‘naltiring. Super kontrakt pullarini
o‘z shaxsiy rivojingiz uchun ishlating. Dunyo bozoriga chiqing. Hammasi oson.
Hammasi maqsadga bog‘liq», – deya yozdi Allamjonov o‘z kanalida.
«Yana ta'kidlayman, IT sohasi bu – bugun va kelajak. Ushbu sohani yaxshi o‘rgangan
odam nafaqat O‘zbekistonda, dunyoning istalgan burchagida kamida xor bo‘lmaydi,
ko‘pida esa juda yaxshi yashaydi. Tanlov o‘z qo‘lingizda, ukalarim! Eng asosiysi,
hozirga vaqtda O‘zbekistonda bo‘la
turib ham, boshqa chet el kompaniyalari uchun
masofadan ishlab, pul topsa bo‘ladi. Chet elga borish ham shart emas!» – deya yoshlarga
murojaat qildi Mass-media fondi rahbari.
Bu esa yaxshi albatta .Yurtimizning qaysi ish joylaridan bo'sh ish so'ramang ,
ularda albatta IT mutaxassisi yetishmovchiligi oqibatida bo'sh ish o'rinlari talayginaligini
ko'rishimiz mumkin . Shaxsan men bunday e'lonlarni oxirgi paytlarda ko'p
uchratmoqdaman . Asosiy talab web dasturchilarga (Full stack , Frontend , backend) , JS
dasturchilarga (ReactJS , NodeJS) va albatta
yana yuqori talab android , ios
dasturchilarga(developer) bo'lib kelmoqda (Bu ma'lumotlarni maxsus saytlarda
berilayotgan e'lonlarga asoslanib aytdim) . Misol uchun
qaysi tashkilotlarga nazar
solmang , ularning rasmiy web saytlari , mobil qurilmalar
uchun ilovalari borligini
ko'rishimiz mumkin .