O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotida banklarning roli




Download 44,37 Kb.
bet3/4
Sana07.06.2024
Hajmi44,37 Kb.
#261083
1   2   3   4
Bog'liq
02 Raqamli iqtisodiyotning xususiyatlari va xorijiy davlatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi.

O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotida banklarning roli Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va vositachilarsiz kreditlash kabi elementlar bozoridagi ulushning shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar (2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan) va bir-birini (peer-to-peer – P2P) kreditlash (oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015 yil aylanmasi $78 mlrd dollarga etgan) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma’lumki, an’anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-kompaniyalarning bozor bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (yoki hizmat) ishlab chiqarish shunchalik arzonlashadi.Hozirgi kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan raqamli banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur’atlar bilan o‘sishi kuzatilmoqda. Raqamli banklarning (digital banking) asosiy konsepsiyalari qatoriga mijozlarga yo‘naltirilganlik, Kosnotsium konsepsidanraqamli banking kontseptsiyasiga o’tish, CRM (Castomer Relationship Management) ning rivojlanishi, mijojlarga bo’lgan ishonchning o’sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va harakatchanlik hususiyati kiradi. Raqamli banklar hizmatlari zamonaviy insonlarning hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat, internet-savdo va boshqalarga kirib borishda kuzatiladi. Raqamli bank o‘z mijozlarigaraqamli kanallardan foydalangan holda turli xildagi raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va hizmatlarni taklif qiladi. Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez almashinuviga unchalik tayyor emas. Bunday banklarning asosiy vazifalari qatoriga mijozning hisobraqamlari holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan habardor qilish, uning uchun eng yaqin bo’lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti yoki avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o’z mijozlariga shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, ubarcha platformalarda ishlay olsin va o’z faoliyatini asosanmobil qurilmalarga yo‘naltirilsin.Banking raqamli modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko’rsatishimiz mumkin:

  • omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish;

  • axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab chiqish;

  • ochiq API tizimidan foydalanish;

  • moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat;

  • mobil to‘lovlarning rivojlanishi;

  • banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;

  • faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish.

Raqamli hizmat ko‘rsatishga to‘la-to’kis o‘tish nafaqat banklarga, balki xilma-xil bank hizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalana oladigan iste’molchilarga ham foyda keltiradi (masalan, harajatlarning pasayishi, muloqot doirasini qamrab olish imkoniyati, moslashuvchanlik, mijozni yaxshiroq bilish).Respublika bank tizimida zamonaviy AKT dasturiy-texnik vositalariga asoslangan innovatsion texnologiyalar faol joriy qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markabiy bank Boshqarmasining bank tizimi faoliyati yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya hizmatlari strukturasida bank hizmatlarining ulushi 88%ni tashkil qilgan va oldingi yillar bilan taqqoslaganda 1,2 baravarga o‘sgan. Bundan tashqari, 2019 yil uchun bank tizimi hizmatlari sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash, bu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy qilish bo‘yicha muayyan vazifalar belgilab berilgan.Respublikada masofadan turib ko‘rsatiladigan bank hizmatlaridan muntazam foydalanadigan mijozlar ulushi ko‘plab qulay omillar tufayli og’ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi va naqdsiz hisob-kitoblarga ishonmaslik bank hizmatlari ko‘rsatishning raqamli kanallari tez tarqalishiga to‘sqinlik qilaypati. Shuningdek,ta’kidlash joizki, banklarning raqamli hizmatlarga o‘tishiuzoq muddatli va serharajat, aksiyadorlarlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlashni, katta miqdorda mablag‘lar ajratishni talab qiladigan jarayon hisoblanadi.


XULOSA
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot har-bir rivojlangan va rivojlanayotgan davlat hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Raqamli iqtisodiyot mamlakatda hufyona iqtisodiyotni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy vositasi sifatida ko’ ongimizda gavdalanadi. Mazkur kurs ishida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasi bilan tanishib chiqdik.
Shunindek, adabiyotlar ro’yhatida keltirilgan ilmiy-amaliy adabiyotlarni va internet resurslarini har tomonlama o’rganish natijasida shuni taklif etishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan innovatsion kraudsorsingning asosiy ko’rsatgichlariga quyidagilarni kiritishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • Ko’ngillilik asosida berilgan ishlarni bajaruvchi insonlar – kraudsorserlardir;

  • Kraudsorserlarning faoliyati internet tarmog’ida bulutli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi;

  • Kraudsorserlar respublikaning turli-tuman hududlaridagi insonlardan iborat bo’ladi;

  • Kraudsorserlrning ishlari natijasi iqtidodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bilan bog’liq innovatsion g’oyaning amalga oshirilishi (yechim, loyiha, mahsulot, mablag’ yoki xizmat) bo’lishi lozim;

  • O’zbekistonda amalga oshiriladigan kraud-loyiha uning kim yoki qaysi tashkilot tomonidan amalga oshirilishiga bog’liq ravishda tijorat yoki notijorat ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin.

Oxirgi xulosa sifatida shuni aytishimiz lozimki, o’zbek milliy valyutasi – so’mni ham qisman yoki qandaydir chegaralangan optimal nisbatlarda kriptovalyutali ko’rinishga va uni bu bilan bog’liq bo’lgan blokcheynga o’tkazish mamlakatimizdagi bir qancha moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli ravishda hal qilish imkonini berar edi. Taklif va xulosalar sifatida quyidagilarni qayd qilishimiz mumkin.



Download 44,37 Kb.
1   2   3   4




Download 44,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotida banklarning roli

Download 44,37 Kb.