386
sharoitlarida ishlashi ko‘zda tutildi. Natijada, bu ilk 802.16-2001
standarti uskunalari keng tarqala olmaganiga sabab bo‘ldi. Yana
bir sabab yuqori chastotalarda ishlaydigan apparatura bazasi
kam ligi bo‘ldi. Bu omillarni hisobga olib 2003-yilning
yanvarida
yangi 2GGs dan 11GGs gacha chastota diapazonidan foydala-
nish ko‘zda tutilgan. Shu bois IEEE 802.16a-2003 kengaytirilgan
standarti qabul qilindi. Mazkur standart ham megapolis ko‘lami-
da statsionar simsiz tarmoqlarni yaratishga yo‘naltirilgan edi. U
“so‘nggi milya” muammosini an’anaviy kabelli modemlar, xDSL
va T1/E1 kanallar orqali ulanishning alternativ keng polosali
yechimi bo‘ldi. Bundan tashqari, IEEE 802.16a tarmoqlari Wi-
Fi 802.11 b/g/a standartlarining ulanish nuqtalarini Internetga
ulash uchun qo‘shimcha texnologiya sifatida foydalanish uchun
rejalashtirildi. Lekin “16a” standartining zaif joyi bino ichida yo-
mon aloqa sifati bo‘lib qoldi.
IEEE 802.16a standartining mantiqiy davomi IEEE 802.16d
standarti bo‘ldi. U bino ichida turg‘un
ulanish imkoniyatini
ko‘zda tutdi. Tamomila IEEE 802.16d standarti 2004-yilning
iyulida qabul qilindi va “IEEE 802.16-2004” nomini oldi. “D”
versiyasining paydo bo‘lishi bilan IEEE 802.16a va IEEE 802.16d
standartlarining alohida rivojlanishi zaruriyati qolmadi, chunki
IEEE 802.16d standartining yakuniy versiyasi oldingi standart-
larning barcha imkoniyatlarini qamrab olgan edi. Lekin stan-
dartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar to‘xtab qolmadi, chunki
bosh maqsad, ya’ni KSU tizimlarida mobillikni ta’minlash hali
erishilmagan edi. 2005-yilning dekabrida IEEE 802.16e (shu-
ningdek “IEEE 802.16e-2005” deb nomlanadi), ko‘proq “mobil
WiMAX” sifatida ma’lum bo‘lgan standart qabul qilindi. Shu
yilning o‘zida Setekom (Ispaniya) kompaniyasi qoshida WiMAX
jihozlarini sertifikatlashtirish uchun mo‘ljallangan
birinchi labo-
ratoriya ochildi.
Ta’kidlash kerakki, Yevropaning ETSI instituti qoshidagi
BRAN
(ingl. Broadband Radio Access Networks) texnik qo‘mitasi-
ning parallel ishlanmasi – “HiperMAN” standarti ham 2005-yilda
387
yaratildi [44]. Standart 2GGs — 11GGs chastotalar diapazonidan
foydalanishga, Yevropa davlatlarida ishlatishga va foydalanuvchi-
larga turg‘un va ko‘chma ish rejimlarida keng hududda Internetga
keng polosali simsiz ulanishni taqdim etish uchun mo‘ljallangan
edi. Shunday qilib, HiperMAN WiMAX tizimlariga (yoki IEEE
802.16 standartlariga), shuningdek, Koreyaning ishlanmasi – Wi-
Bro tizimiga (u haqda quyida batafsilroq keltirilgan) nisbatan al-
ternativ standart hisoblanadi.
Shunga qaramay, HiperMAN stan-
darti IEEE 802.16 ishchi guruhi bilan uzviy hamkorlikda ishlab
chiqildi va shuning uchun HiperMAN va IEEE 802.16a-2003
standartlari orasida “uzluksiz rouming” qo‘llab-quvvatlanadi.
Shuningdek, HiperMAN va IEEE 802.16 ning yangi standart-
lari orasida o‘zaro ishlashni ta’minlash bo‘yicha ishlar olib boril-
moqda [45].
2006-yil IEEE 802.16 standarti asosidagi jihozlarni birinchi na-
munalarining paydo bo‘lishi bilan tarixga kirdi, va bu bilan “turg‘un
WiMAX”ni faol joriy etilishi boshlandi. WiMAXning turg‘un va
mobil versiyalari o‘zaro moslashmaydigan bo‘lib qolgani, ya’ni
ular raqobatchiga aylangani sababli “turg‘un WiMAX”
jihozlarini
ishlab chiqaruvchilari va operatorlarining strategik vazifasi bo‘lib
“mobil WiMAX” mahsulotlari paydo bo‘lgunicha KSU tizimlari
bozorini tezroq va kengroq o‘zlashtirish bo‘lib qoldi.
Shuni ham yodlab o‘tish lozimki, 2006-yilning o‘zidayoq Ko-
reyada birinchi WiBro tarmoqlari ishga tushirildi va bu Janu-
biy Koreya telekommunikatsion va AT sanoatining yetakchilari
bo‘lmish Samsung, LG, Korean Telecom va South Korea Tele-
com kompaniyalarining davlat qatnashuvidagi ko‘p yillik faol
mehnatlarining natijasi bo‘ldi [46]. WiBro tizimi ham o‘ziga xos
tarixga ega. 2002-yil fevralida Janubiy Koreya aloqa ma’muriyati
(regulyatori) WiBro tizimini rivojlantirish uchun 2,3—2,4GGs
diapazonda 100 MGs radiochastota polosasini ajratdi. 2004-yil-
ning oxirida WiBro birinchi fazasi davlat standartlashtirilishidan
o‘tdi va 2005-yilning oxirida HTI WiBro texnologiyasini IEEE
802.16e standarti sifatida tan oldi. Nihoyat, 2006-yilning iyuni-
388
da ikki operator — Korean Telecom
va South Korean Telecom,
WiBro tarmoqlarini tijoriy ishga tushirdi. Shunday qilib, Wi-
Bro asosida IEEE 802.16e (“mobil WiMAX”) standartiga mos
keladigan KSU texnologiyasini tushunish zarur. WiBro tizimi
8.75MGs polosali OFDMA radio ulanish texnologiyasidan va
TDD dupleksidan foydalanadi. Abonent uskunalari tayanch
stansiya bilan 1km dan 5km gacha masofalarda 30—50Mbit/sek
ma’lumotlarni uzatish tezliklarida bog‘lanishlari mumkin. Tar-
moq 120km/soat tezlikda harakat qilayotgan abonentlar bilan
aloqa o‘rnatish qobiliyatiga ega.
Bu jarayonda “mobil WiMAX”
ishlab chiqaruvchilari ham
orqada qolmadi. 2007-yilda IEEE 802.16e standarti asosidagi bi-
rinchi jihozlarni sertifikatlash muvaffaqiyatli o‘tdi va WiMAX bo-
zorida ikki raqobat qiluvchi lagerlar, ya’ni standartning turg‘un va
mobil versiyalari tarafdorlari paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan
WiMAX standartining bu versiyalarini atroflicha ko‘rib chiqish va
ularning xarakteristikalarini taqqoslash maqsadga muvofiq bo‘ladi.