390
abonent uskunalari orasida aloqani to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lganda
ham
(ingl. LOS), bo‘lmaganida ham
(ingl. NLOS) o‘rnatili-
shi kiradi. Standartlar yuqori spektral samaradorlik bilan keng
chastotalar diapazonidan foydalanishi mumkin. Qator asosiy
talablar mos kelsada texnologiyaning
turli bozor munosabatlari-
ga yo‘naltirilganligi standartning ikkita alohida versiyalarining
yaratilishiga olib keldi (to‘g‘rirog‘i, ularni ikki turli standartlar
deb hisoblash mumkin). WiMAXning
har bir spetsifikatsiyasi
o‘zining ishchi chastotalar diapazonini, polosasining kengligi,
nurlanish
quvvatini, uzatish va ulanish usullarini, signalni mo-
dulyatsiyalash
va kodlash usullarini, radiochastotalardan qayta
foydalanish prinsiplarini va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Shuning uchun IEEE 802.16e va IEEE 802.16d standartlar
versiyalariga asoslangan WiMAX tizimlari
deyarli bir-biri bilan
moslashmaydi. Bu standartlarni atroflicha o‘rganamiz.