396
o‘sishda davom etmoqda va shuning uchun ularning narxi om-
maviy joriy etilishi va ishlab chiqarish ko‘lamlari
hisobiga iqtisod
qilish natijasida kelajakda kamayishi kerak. AKT induksiyasida-
gi tajribalarning ko‘rsatishicha, portativ va mobil uskunalarning
tarqalishi ko‘pincha ham abonent,
ham infratuzilma jihozlari-
ni ishlab chiqarish hajmlarini tez o‘sishiga olib keladi. Shuning
uchun IEEE 802.16e standarti mobil uskunalarining rivojlanishi
IEEE 802.16d standartidagiga qaraganda arzon bo‘lishiga
imkon
beradi. Shu bilan birga yirik chipsetlar ishlab chiqaruvchilari (In-
tel, FUJITSU kabi) rasman bildirishdiki, IEEE 802.16e standarti
WiMAX tizimlarining asosiy standarti bo‘lib qoladi. Lekin agar
“turg‘un WiMAX” ham afzalliklari keltirilmasa taqqoslash to‘liq
bo‘lmaydi. Bu avvalo foydalaniladigan
signalni modulyatsiyalash
va kodlash turlari hisobiga yuqori o‘tkazish qobilyati hisoblanadi.
Bu o‘tkazish polosasiga qat’iy talablarni qo‘yadigan va turg‘un
modemni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lgan korporativ foyda-
lanuvchilar uchun muhim. “turg‘un WiMAX” uchun standart-
ning avvalroq paydo bo‘lishi hisobiga
tayyor jihozlarni yetkazib
beruvchilarning katta tanlash mavjud va bu jihozlar endi o‘zaro
moslashishga testlangan va WiMAX Forumi sertifikatlari bilan
tasdiqlangan.
IEEE 802.16d va IEEE 802.16e standartlarini ko‘rib chi-
qishni yakunlash bilan 27.2-jadvalga kiritilgan bu standartlarning
xarakteristikalarini
umumlashtirilgan taqqoslashni, shuningdek
27.3-jadvalda bu standartlar taqdim etiladigan xizmatlar klassi-
fikatsiyasini keltiramiz.
27.2-jadval