402
• tarmoq
manzillarini taqsimlash;
• mobillikni boshqarish;
• autentifikatsiya va ko‘plab boshqalar.
WiMAX tarmog‘i arxitekturasining bosh o‘ziga xos xususiyati
shundan iboratki, u u qandaydir ma’lum konfiguratsiya bog‘lan-
magan va yuqori ko‘lamlikka va ixchamlikka ega. Masalan, Wi-
MAX tarmog‘i turli funksional imkoniyati AQlarni va mikroso-
talarni va makrosotalardan boshlangan hamda pikosotalar va
femsotalarda tugagan o‘zgaruvchan
qamrash hududli TSlarni
qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
28.1-rasm. WiMAX tarmog‘ining tayanch modeli (NRM).
WiMAX Forumi R1-R5 (asosiy) va R6-R8 (yordamchi) belgi-
lanishlarni olgan tayanch nuqtalari bo‘lgan bir necha tugunlararo
ulanishlar bilan birga tarmoqning tugunlar tarkibini aniqladi.
28.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, WiMAX tarmog‘ining
asosiy
tugunlari quyidagilar hisoblanadi:
403
• SS/MS
(ingl. Subccriber Station/Mobile Station) — abonent
uskunasi/mobil stansiya;
• ASN
(ingl. Access Service Network) — ulanishni taqdim etish;
• BS (ingl. Base Station) — tayanch stansiya (ya’ni “ulanish
nuqtasi nomiga ega”), ASN tuzilmasiga kiradi;
• ASN-GW
(ingl. ASN Geteway) —
ASN shlyuzi, u ham ASN
tuzilmasiga kiradi;
• CSN
(ingl. Connectivity Service Network) — kommutatsiya
tarmog‘i;
• HA
(ingl. Home Agent) — uy agenti, CSN tuzilmasiga kiradi;
• AAA Server
(ingl. Authentication,Authorization and Accoun ting
Server) — autentifikatsiyalashtirish, avtorizatsiya va qayd etish
serveri,
u ham GSN tarkibiga kiradi;
• NAP
(ingl. Network Access Provider) — tarmoqqa ulanish
provayderi;
• NSR
(ingl. Network Service Provider) — tarmoq xizmatlari
provayderi.
Tarmoq tugunlariga bo‘lish mantiqiy darajada va har bir man-
tiqiy tugunlarda amalga oshirilgan. MS,
ASN va CSN guruhli
funksionallikdan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda tarmoq funksi-
yalari funksiyalarga bo‘lingan ham bir necha apparatlarida ishla-
tilishi mumkin. Uskunada funksiyalarni bo‘lish yoki birlashtirish
tizimni integratsiya modeli bilan aniqlanadigan yoki
tizimning
xarakteristikalariga qo‘yiladigan talablarni tanlash hisoblanadi.
Tizim ichida o‘zaro ta’sirlashish tarmoqning funksional tugunlari
orasidagi o‘zaro ta’sirlashish protokollarini aniqlashda quriladi.