|
CSN kommutatsiya tarmog‘i Pdf ko'rish
|
bet | 208/283 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 8,51 Mb. | | #102907 |
Bog'liq Raqamli mobil aloqa28.3. CSN kommutatsiya tarmog‘i
CSN tuguni ham WiMAX tarmog‘i ichida, ham tashqi IP
tarmoqlar bilan abonentlarga aloqa xizmatlarini taqdim etadi-
gan bevosita WiMAX operatori tarmog‘i hisoblanadi. CSNda
IP marshrutlashtirish, RCRF va abonentlar prodgillarini saqlash,
ASN tugunlar bilan trafikni almashtirish AIS ASN hududi che-
garalaridan chiqqanda mobillikni boshqarish, “rouming”da tur-
li CSN tugunlari orasida trafikni tunnellashtirish, “billing” va
“rouming” hisoblari, multimedia servislari, qonuniy ushlash (rus.
“Законный перехват”) va boshqalar kabi ko‘p sonli funksiyalar
ishlatiladi. CSN tugun marshrutizatorlar, AAA proksi-serverlar,
abonentlar ma’lumotlari bazasi va o‘zaro ta’sirlashish shlyuzlari
kabi tarmoq elementlarini o‘z ichiga olishi mumkin. CSN tuguni
yana yaratiladigan tarmoq yoki mavjud WiMAX xizmatlari pro-
vayderi tarmoqlari qismi sifatida ishlatilishi mumkin.
IEEE 802.16 standartiga mobillikni kiritilishi bilan NRM
tayanch modelga NSP (ingl. Home NSP va Visited NSP) tar-
moq xizmatlari provayderining uy va mehmon tugunlari kiritil-
di. Uy HSP bu AUga aloqa xizmatlarini taqdim etadigan ope-
rator, mehmon HSP esa AUga “rouming” xizmatlarini taqdim
etadigan ope ratordir. Buning uchun uy va mehmon HSP o‘zaro
“rouming” haqida shartnoma imzolaydi. Ham uy va ham meh-
mon HSP AAA funksiyalarini bajaradi. AUga tarmoqning yozil-
gan xizmatlariga taqdim etishni taqdim etadi, lekin “billing” va
abonent to‘lovini hisob-kitobi uy NSP orqali amalga oshiriladi.
“Rouming”da AU uchun trafikni marshrutlashtirish ham uy NSP
orqali, ham to‘g‘ridan to‘g‘ri mehmon NSP orqali amalga oshi-
rilishi mumkin.
Tayanch nuqtalarining funksiyalari.
Tayanch nuqtasi ikki turli tarmoqlar guruhlarida joylashgan ik-
kita funksional tugunlar orasida o‘zaro ta’sirlashish nuqtasi hi-
soblanadi.
Bunda quyidagi shartlar to‘g‘ri:
|
| |