Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

29.3-rasm. OFDM simvolning tuzilmasi.
Randomizatsiya ma’lumotlar blokini PTKK generatori shakl-
lantiradigan psevdo tasodifiy ketma-ketlikka ko‘paytirish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon bilan “ma’lumotlar oqimini 
oqartirish” deyiladi.
Qabullash tomonida keyin dastlabki tuzilmalashtirilgan ket-
ma-ketlikni olish maqsadida bu tasodifiy ketma-ketlikni teskari 
o‘zgartirish bajariladi. 


421
Ma’lumotlarni kodlash Rid-Solomon tashqi koderi va ichki 
svertkali kodyerdan iborat ikkita bosqichdagi kaskadli kodlar ning 
qo‘llanilishini ko‘zda tutadi. Rid-Solomon koderi BPSK ikki 
pozitsiyali modulyatsiya bilan va OFDM subkanallari ishlatiladi-
gan hollarda qo‘llanilmaydi. Tavsiflangan kodlash mexanizmidan 
tashqari, standart blokli turbokodlarni (Xemming kodlariga va 
juftlikni nazorat qilishga asoslangan) va svertkali turbokodlarni 
opsional qo‘llanilishini ko‘zda tutadi. 
Kodlashdan keyin o‘rin almashtirish jarayoni (shuningdek, “in-
terliving” atamasi qo‘llaniladi) keladi. Bu OFDM simvolga mos 
keladigan ma’lumotlarni kodlash bloki chegaralarida bitlarni o‘rin 
almashtirishi hisoblanadi. Bu operatsiya ikkita bosqichda amalga 
oshiriladi. Dastlab qo‘shni bitlar qo‘shni bo‘lmagan eltuvchilarga 
tarqatiladi, keyin esa qo‘shni bitlar turli yarim ketma-ketliklarga 
tarqatiladi. O‘rin almashtirishdan maqsad shundaki, simvoldagi 
guruhli xatoliklarda qo‘shni bo‘lmagan bitlar zararlansin va shun-
day qilib, bitlarni qayta tiklanish darajasi ortsin. 
O‘rin almashtirishdan keyin modulyatsiya bosqichi boshlanadi. 
Tanlangan modulyatsiya sxemasidan (BPSK, QPSK, 16-QAM, 64-
QAM) kelib chiqib, blok modulyatsion simvollarga mos ravishda bit-
lar guruhlari ketma-ketligidan (1/2/4/6 bitlar) iborat bo‘ladi.
29.3-jadval

Download 8,51 Mb.
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish