|
O‘rama, ldpc va Turbo kodlar
|
bet | 1/13 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #251640 |
Bog'liq 10-mavzu O‘rama, LDPC va Turbo kodlar. Reja Turbo-kod parallel kaskad – blokli tizim kodi bo‘lib, u raqamli ma’lumotlarni shovqinli aloqa kanalida uzatishda yuzaga keladigan xatolarni to‘g‘irlash imkonini beradi. Turbo kodning ma’nodoshi sifatida 1966 yilda D. Forni tomonidan taklif etilgan kodlash nazariyasiga ma’lum bo‘lgan atama kaskadli (angl. concatenated code) kod deb ataladi. Turbo-kod parallel kaskad – blokli tizim kodi bo‘lib, u raqamli ma’lumotlarni shovqinli aloqa kanalida uzatishda yuzaga keladigan xatolarni to‘g‘irlash imkonini beradi. Turbo kodning ma’nodoshi sifatida 1966 yilda D. Forni tomonidan taklif etilgan kodlash nazariyasiga ma’lum bo‘lgan atama kaskadli (angl. concatenated code) kod deb ataladi. Turbo-kod parallel kaskad bog‘langan tizim kodlaridan tashkil topgan. Bu tashkil etuvchilar kodning komponentalari deb ataladi. Kodning komponentalari sifatida o‘ralgan kodlar, Xemming kodlari, Rid - Solomon kodlari, Bouza Choudxuri Xokvingem kodlari va boshqa kodlar foydalaniladi. Turbo kodning tashkil etuvchisi (komponentasi) ga qarab ular o‘ralgan turbo (angl. Turbo Convolutional Codes, TSS) kodlar xamda blokli (angl. Turbo Product Codes, TPC) kodlarga bo‘linadi. Turbo-kod 1993 ishlab chiqilgan bo‘lib, yuqori samarali xatolarni to‘g‘irlovchi, shovqinbardosh kodlar sinfiga kiradi. Elektrotexnikada va raqamli aloqa kanalida, su’niy yo‘ldoshli aloqa soxalarida shuningdek chegaralangan chastota satxida shovqinli aloqa kanali bo‘ylab yuqori tezlikda ma’lumot uzatish uchun zarur bo‘lgan soxalarda qo‘llaniladi. CDMA-koderda 3.16-rasmda tasvirlangan to‘rtta kodlash zanjirlaridan bittasi yoki ikkitasi ishlatilishi mumkin:
|
| |