|
O‘rama, ldpc va Turbo kodlar
|
bet | 9/13 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #251640 |
Bog'liq 10-mavzu O‘rama, LDPC va Turbo kodlar.Francye Telecom kompaniyasi va Telediffusion de Francye keng sinfdagi turbo koderlarni ixtiro qilishdi. Ular turbo koderlarni ozod qo‘llanilish imkoniyatlarini cheklab, o‘sha vaqtning o‘zida kodlashning LDPC ga o‘xshagan yangi usullarni rivojlantirishni ishlab chiqishdi. Turbo kodlar faol tarzda su’niy yo‘ldoshli aloqa kanalida, mobil aloqada, simsiz kengpolosali tarmoqlarda va raqamli televideniyada qo‘llaniladi. Turbo-kodlar su’niy yo‘ldoshli aloqa kanalida DVB-RCS standarti asosida tasdiqlangan. Shuningdek turbo kodlar o‘zining keng qo‘llash soxalarini uchinchi avlod aloqa mobil tizimlarda (standart CDMA2000 va UMTS) topdi. Kodning spektr og‘irligi Ma’lumki kodning spektr og‘irligi – bu ko‘p sonli M(ω) ko‘pxadining, (ω =0,n) da kodli kombinasiyalar og‘irligidagi qiymatidir. Ya’ni barcha kodli kombinasiya tashkil etuvchilari nol bo‘lmagan yig‘indi orqali aniqlanadi. Kodli kombinasiyalari ko‘p bo‘lmagan kodlar uchun (taqqoslaganda k- informasion razryaddan ko‘p bo‘lmagan) spektr og‘irliklari uchun, ruxsat etilgan kerakli miqdordan ortiqcha 2k kombinasiyasi orqali aniqlashimiz mumkin. Uncha uzunlikka ega bo‘lmagan, odatda BCHX kodlari kaskad kodning birinchi pog‘onasida past sifatli diskret kanalda kichkina xatoliklarni to‘g‘irlash uchun ishlatiladi. Siklik koddagi kodli kombinasiyani qabul qilishda ikkita usuldan foydalanamiz: - Q(x) kodli kombinasiyani xr bir xadiga ko‘paytirib, xosil bo‘lgan ko‘paytirish natijasiga R (x) polinomda Q(x)*xr bo‘lish natijasida xosil bo‘lgan R(x) qoldiq qiymatni qo‘shib:
F(x) =Q(x)*xr+R(x) (1) Q(x) kodli kombinasiyani oddiy kodli polinom xosil qiluvchiga ko‘paytirish orqali Birinchi usul tizim kodini xosil qiladi. Bunda informasion belgilar, r- ning qolgan o‘rinlariga tekshirilgan, k-ning birinchi o‘rnida joylashadi. Ikkinchi usulda tizimlashmagan kod xosil bo‘ladi. Bunda tekshirilgan belgilar va ma’lumotlar aniq ko‘rinishda bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan shovqinbardosh kodlarda tizimli va tizimlashmagan kodlar tengdir. Kodli ko‘plik o‘zgarmaydi, faqat xar bir so‘zli ma’lumot uchun kodli so‘zga mos xolda tartibi o‘zgaradi. Bunday tasdiqning to‘g‘riligini birinchi va ikkinchi usuldan foydalangan xolda tuzilgan 1 tasvir asosida ko‘rishimiz mumkin.
|
| |