|
CDMA-koderda 3.16-rasmda tasvirlangan to‘rtta kodlash zanjirlaridan bittasi yoki ikkitasi ishlatilishi mumkin
|
bet | 2/13 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #251640 |
Bog'liq 10-mavzu O‘rama, LDPC va Turbo kodlar.CDMA-koderda 3.16-rasmda tasvirlangan to‘rtta kodlash zanjirlaridan bittasi yoki ikkitasi ishlatilishi mumkin: - o‘rama kod;
- kaskadli kod (tashqi Rid—Solomon kodi + tashqi kodni navbatlash + o‘rama kod);
- turbo kod;
- maxsus kod. Birinchisi oldin aytilganidek, nutq signallarini kodlash uchun, keyingi ikkitasi ma’lumotlarni kodlash uchun, oxirgisi esa nomlanishiga muvofiq maxsus signallarni kodlash uchun ishlatiladi. Nutqni kodlash qator prinipial o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo, real vaqt rejimidagi interaktiv aloqani ta’minlash zarur, bunda ma’lumotlarga ishlov berishga bog‘liq kechikish ruxsat etilgan qiymatdan oshmasligi kerak.
Turbo –kodning tuzilishi Shennonga ko‘ra eng yaxshi kod sifatida, malumotlarni uzluksiz vaqt ichida uzatadigan va vaktning xar bir laxzasida tasodifiy kod elementlarini shakllantiradigan kod xisoblanadi. Qabul qiluvchida tasodifiy tarzda buzilgan, turli cheksiz ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Dekoder bu nusxalardan yuborilgan xabarga yaqin (mos) bo‘lgan nusxani tanlashi kerak. Bu o‘z navbatida nazariy jixatdan o‘zi bilan signalda barcha xatolarni to‘g‘irlash imkonini beruvchi, mukammal kodni taqdim etadi. Turbo-kod bu yo‘nalishda ilk qadam xisoblanadi. Ma’lumki, biz uzluksiz vaqt davomida cheksiz marta xabar uzatmaymiz. Aloqa kanallarini maqbul ishlashini ta’minlash uchun, uzatish vaqtini ikki yoki uch martaga oshirish etarli darajada yaxshi natijaga olib keladi. Turbo kodlarning o‘ziga xos xususiyati, ularning o‘ralgan rekursiv (RSC) usulda parallel tuzilganligi bo‘lib, ular parallel ishlaydi va tasodifiy xabar turlarini xosil qilishda foydalaniladi. Parallel tuzilishga ega ikki yoki undan ortiq RSC kodlar xar biri boshqa o‘zgartirgichlarda qo‘llaniladi. O‘zgartirgichnig maqsadi shundan iboratki, xar bir koder qurilmasiga korrelyasiya qilinmagan turli tasodifiy ma’lumotlarni taklif etadi, natijada RSCning xar bir bitlari mustaqil prioritetga ega bo‘ladi. Turbo kodning bir nechta sxemasi mavjud: - PCCC — yaxshiroq parallel o‘ralgan kodlar xolatida.
- SCCC — yuqori tavsifga ega shovkinli signalga aloqador xolda ketma – ket ulangan o‘ralgan kodlar SCCC
- TPC — turbo-kod-maxsuli, o‘ralgan kodlar o‘rniga blokli kodlarni qo‘llaydi, ikkita boshqa turdagi kodlar (odatda Xemming kodlari ) ketma- ket ulangan oraliqqa ega bo‘lmaydi, ikkita kod bir - biriga bog‘liq bo‘lmagan, qatorlar va ustunlar xolida ishlaydi, bu esa o‘z navbatida etarli darajada yaxshi randomiziyaga olib keladi va o‘zgartirgichni qo‘llash zaruriyatini talab etmaydi.
|
| |