|
O‘rama, ldpc va Turbo kodlar
|
bet | 6/13 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #251640 |
Bog'liq 10-mavzu O‘rama, LDPC va Turbo kodlar.Bala algoritmi dekodlangan bitlar uchun «engil» ishonchlilikni beradi. Ya’ni chiquvchi satxda dekodlashni ishonchli natijaga erishishini ta’minlaydi. Qattiq struktura esa, dekoderning chiqishida dekodlangan bitning eng katta qiymatini shakllantiradi. Yumshoq strukturada xisoblashda chiquvchi signalning batafsilroq bo‘lgan diskretizasiyasi ishlatiladi. U berilgan bitning extimoli to‘g‘irligini xarakterlaydi. Yumshoq echimni qo‘llash tufayli turbo dekoderlarda bir nechta dekoderlash iterasiyalari samarali qo‘llanilishi yuzaga keladi. Birinchi dekoderlash iterasiyasining chiqishidagi kodli so‘zning qabul qilingani Aposterior ma’lumot deyiladi, Keyingi iterasiya blokiga qabul qilingandan so‘ng aprior extimollik bo‘ladi. Bunday yondashuv iterasiyadan iterasiyagacha bo‘lgan dekoderlash sifatini yaxshilaydi. Shu tarzda dekoderlash iterasiyasining qiymatini o‘zgartirgan xolda dekoderni joriy uzatuvchi kanalga moslashtirishimiz va talab etilgan bitlar xatoligini extimolligiga erishimiz mumkin. To‘g‘ri o‘xshashlikdagi logorifmik yondashuv (LLR) Bu o‘lchov ko‘p tizimlarda shovqinbardosh kodlar yordamida xatolarni to‘g‘irlashda foydalaniladi va to‘g‘ri o‘xshashlikdagi logorifmik yondashuv (LLR) deb ataladi. L(uk) = ln(Pr(uk=1)/(Pr(uk=0)) Bu usul to‘g‘ri o‘lchovligi nisbatan ancha yaxshiroqdir. Logarifm juda kichkina va juda katta qiymatlarni qayta ishlashni engillashtirib beradi. Agar qabul qilish extimolligi «0» va«1» teng bo‘lsa o‘lchov 0 ga teng bo‘ladi. Ikkilik kaskaddagi iterasiyalangan Turbo koderning bitta iterasiyaning kodlanishi Ikkinchi rasmda ikki kaskadli bitta iterasiyalangan turbo dekoderning kodlanish sxemasi keltirilgan. Bu sxema istalgan miqdordagi kaskadlarni kodlashda murakkab bo‘lmagan umumlashgan echim xisoblanadi. Bitta iterasiyalangan dekoder ikkita kaskad dekoderning bog‘lanishiga bog‘liq bo‘lgan xolda, yuborilgan belgi to‘g‘risida yumshoq echim chiqaruvchi yuqori aposterior extimollikka ega bo‘ladi. Birinchi iterasiyalangan dekoderga demodulyatorning chiqishidagi yumshoq echimga ega bo‘lgan va ketma ketlik kelib tushadi. Shu tarzda birinchi dekoderning chiqishida ma’lumotli belgini baxosi xosil bo‘ladi. Keyin ikkinchi dekoder qurilmasining kirishiga o‘zgargichdan o‘tgan ma’lumot kelib tushadi va u aprior ma’lumot deb ataladi. ketma ketlikda yumshoq echimni qo‘llagan xolda, ikkinchi dekoder o‘zining baxosini shakllantiradi.
|
| |