|
O‘rama, ldpc va Turbo kodlar
|
bet | 11/13 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #251640 |
Bog'liq 10-mavzu O‘rama, LDPC va Turbo kodlar. Kodlash usulini kodli kombinasiyalarni qismlarga bo‘lish orqali amalga oshiramiz. PKning yuklama o‘lchovi kodli kombinasiyaning uzunligiga bog‘liq bo‘lgan xolda kodlash uchun zarur bo‘lgan vaqt va tekshiriladigan razryadlar soni 1 jadvalda keltirilgan. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, matritsali usul mashina vaqtining katta sarfini talab qilmaydi. Lekin kodning uzunligi ortishi bilan jadval uchun kerakli xotira xam oshib boradi. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, matritsali usul mashina vaqtining katta sarfini talab qilmaydi. Lekin kodning uzunligi ortishi bilan jadval uchun kerakli xotira xam oshib boradi. Jadval usulining a’malga oshirilishida PK xotirasiga 0 dan 2k gacha tekshiriluvchi razryadlarga tegishli natural sonlar o‘sib borish tartibida joylashadi va ma’lumotlar kombinasiyalarining mumkin bo‘lgan qiymatlaridan tuzilgan matritsa yoziladi. Tekshirilayotgan razryadlar oldindan berilgan kodni kodlash qoidasi bo‘yicha xisoblanadi. Buning uchun kodli kombinasiya qiymatini ko‘rsatuvchi jadval satrining tartibini bilish kifoya. Bundan maqsad kodlangan so‘zni aniqlashdir. Jadval usuli uchun xioblangan xotira xajmi kodning uzunligiga bog‘liq va unga asosan vaqt va yuklama xaqida ma’lumot 4 jadvalda keltirilgan. Jadvaldagi ma’lumotdan ko‘rinib turibdiki, kodlashning bu usuli xotira yuklamalari va kodning qisqa uzunlik xolatida mashina vaqtining kam sarfini talab qilar ekan. Kod uzunligi oshgan sari esa jadval uchun xotira xajmi xam oshib boradi. Jadvaldagi ma’lumotdan ko‘rinib turibdiki, kodlashning bu usuli xotira yuklamalari va kodning qisqa uzunlik xolatida mashina vaqtining kam sarfini talab qilar ekan. Kod uzunligi oshgan sari esa jadval uchun xotira xajmi xam oshib boradi. Yuqoridagi jadvalni taxlil qilish natijasi shuni qo‘rsatadiki, katta bo‘lmagan uzunlikdagi kodlarda amalga oshirish qiyinligi tomondan eng qulay xisoblanadi. Chunki bu usul PKdan kam yuklamani va ancha katta bo‘lmagan kodlash vaqtini talab qilar ekan. Shuningdek kattalik o‘zgarish yo‘li bilan qismlarga bo‘lish usuli kam yuklama va vaqt tomondan yaxshi natijalarga ega. Biroq katta uzunlikdagi kodlarda ushbu ikkinchi usuldan foydalanish samarasiz bo‘lib qoladi. Chunki bunda PKdan sezilarli xotira sarfini talab qilmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lish usuli eng yaxshi xisoblanadi.
|
| |