• Kalit sо‗zlar
  • O‗quv jarayonida foydalaniladigan bulutli tarmoq xizmatlarining funktsional imkoniyatlari




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana27.02.2023
    Hajmi0.69 Mb.
    #43722
      1   2   3
    Bog'liq
    daftar betligi, Мустакил таълим, Dunyoning ilmiy manzarasi va evolyutsiyasi 13 мавзу, 5Wh5ytJLMtYKUosyAfgH vANgDnPxyh0, 6c3db8e067d3ed5c5631bdb877d6be21 METALL KONSTRUKSIYALARI, KASBIY PSIXOLOGIYA, EVS lab1, \'10.04.2020y-C da funksiyalar, 0100-1 LANCASTER CITY 1W, 1-mustaqil ish, Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari, Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda energiya tejash muamm-hozir.org, oper 3, 3 sugurta bozorining profesanal ishtirokchilari


    15 
    11. Yu, H.; Yang, L.T.; Zhang, Q.; Armstrong, D.; Deen, M.J. Convolutional neural networks 
    for medical image analysis: State-of-theart,comparisons, improvement and perspectives. 
    Neurocomputing 2021, 444, 92–110. [CrossRef]; 
    12. Li, Z.; Liu, F.; Yang, W.; Peng, S.; Zhou, J. A survey of convolutional neural networks: 
    Analysis, applications, and prospects. IEEE Trans. Neural Netw. Learn. Syst. 2021, 1–21. 
    [CrossRef]; 
    13. Sampson, S.E. A strategic framework for task automation in professional services. J. Serv. 
    Res. 2021, 24, 122–140. [CrossRef]. 
     
     
    O‗QUV JARAYONIDA FOYDALANILADIGAN BULUTLI TARMOQ 
    XIZMATLARINING FUNKTSIONAL IMKONIYATLARI 
    Bobobekov Shokir Ravshanovich
    Jizzax davlat pedagogika instituti o‗qituvchi
    Annotatsiya: 
    Ushbu 
    maqolada 
    bulutli 
    texnologiyalarga 
    asoslangan 
    tarmoq 
    xizmatlarining imkoniyatlaridan ta‘lim jarayonida foydalanish va uning ahamiyati haqida so‗z 
    yuritilgan. 
    Kalit sо‗zlar: ta‘lim, bulutli hisoblash, bulutli texnologiyalar, bulutli xizmatlar. 
    Ta‘lim har qanday jamiyatning ajralmas qismidir. Jamiyat ta‘lim tizimini 
    zamonaviylashtirmasdan jadal rivojlana olmaydi. Zamonaviy dunyoda ta‘lim ijtimoiy va 
    iqtisodiy farovonlik o‗sishining eng muhim sharti, mamlakatni barqaror rivojlanishining manbai 
    hisoblanadi. Bugungi kun yosh avlodining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan Internet 
    xizmatlaridan foydalanishga ehtiyoji yuqori. Shu sababli, bulutli texnologiyalarga asoslangan 
    tarmoq xizmatlaridan foydalanish eng samarali va qulay usullardan biri hisoblanadi [3]. 
    Bulutli texnologiya zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining faol 
    rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‗lib, u sifatli ta‘lim natijalariga samarali erishishga, axborotga 
    bo‗lgan ehtiyojlarini qondirishga va analitik qobiliyatlarni shakllantirishga yordam beradigan 
    keng ko‗lamli didaktik imkoniyatlarga ega. 
    O‗quv jarayonini tashkil etishda bulutli texnologiyalardan foydalangan holda amaliy 
    topshiriqlarni bajarish bilan cheklanib qolmay, balki yagona axborot ta‘lim maydonini tashkil 
    etish imkoniyatini ham beradi. Ta‘lim jarayonida bulutli texnologiyalarga asoslangan ta‘lim 
    muhitidan foydalanish talabalarga shaxs sifatida o‗zini-o‗zi anglash, ta‘limiy qobiliyatlarini, 
    axborot bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradi. Bulutli texnologiyalarga 
    asoslangan tarmoq xizmatlaridan foydalanish, ta‘limni masofaviy shaklida olib borish uchun 
    qulay imkoniyatlar taqdim etadi. Masalan, talabalarga zarur o‗quv resurslarni uzatish
    topshiriqlar yaratish va uni taqdim etish, topshiriqlar ijrosini baholash va o‗zlashtirish darajasini 
    tahlil qilib borish kabi imkoniyatlar. Shuningdek, talabalar hamda o‗qituvchi va talaba o‗rtasida 
    o‗zaro aloqani tashkil etish imkonini ham beradi. Bulut shuningdek, guruhli shakldagi ishlarni 
    bartaraf etadi, ya‘ni talabalar guruhli loyiha ustida ishlash uchun bir joyda bo‗lishlari shart emas, 
    lekin ular bulutli hisoblash orqali istalgan joydan topshiriqlarni bajarishlari mumkin. 
    Bulutli texnologiyalar ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilarining ilmiy va ijodiy 
    faoliyat yuritishi uchun keng ko‗lamli samarali ta‘lim xizmatlarini taqdim etadi. Bulutli 
    texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlaridan foydalanish natijasida talabalar zamonaviy 
    ta‘lim olish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Bulutli texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanish 
    ta‘lim sifati, o‗quv resurslari va o‗zlashtirish darajasini oshiribgina qolmay, o‗quv jarayonini 
    uzluksiz va tizimli tashkil qilish imkonini beradi. Shuningdek, boshqa ta‘lim muassasalari bilan 
    xamkorlik qilish imkonini beradi. 
    Bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlaridan foydalanishda ta‘lim sifati va 
    kadrlar tayyorlash darajasini oshirishga qaratilgan axborot bazalari va bilimlarining ochiqligi va 
    undan foydalanish imkoniyati, moliyaviy va moddiy resurslarni tejash, tarmoq resurslari orqali 


    16 
    o‗quv jarayonining uzluksiz rivojlanishi va o‗qitish ustidan tizimli nazorat kabi bir qator 
    vazifalar hal etildi. 
    Talabalarni faollashtirish va o‗quv jarayonining interfaolligini ta‘minlash uchun bulutli 
    texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlaridan foydalanish tavsiya etiladi, ular o‗z-o‗zidan 
    interfaol bo‗lib, sub‘ektlarning tarmoqda o‗zaro aloqasini tashkil etish imkoniyatini beradi. 
    Bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlari videoaloqa va ovozli uzatish 
    texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida bir-biri bilan ishlash, shuningdek 
    hujjatlar ustida masofaviy hamkorlik qilish, yani matn, jadval, taqdimot, grafik hujjatlarni 
    birgalikda tahrirlash kabi imkoniyatlar tufayli sub‘ekt va sub‘ekt o‗zaro tarmoq aloqasini tashkil 
    qilish imkonini beradi. 
    Bulutli hisoblash ta‘lim muassasalarida ma'lumotlarni xavfsiz saqlash va himoya qilishga 
    yordam beradi. Ko‗pgina bulutli xizmat ko‗rsatuvchi provayderlar o‗zlarining bulutli 
    infratuzilmasi uchun asosiy xavfsizlik darajasini ta'minlaydigan xavfsizlik choralariga sarmoya 
    kiritadilar. Bu esa foydalanuvchilar uchun qulay va ishonchli hisoblanadi. Masalan, qurilmalar 
    ishlamay qolsa yoki shunga o‗xshash texnik nosozliklar kuzatilganda, ma'lumotlarga zarar 
    yetmaydi, chunki ular bulutda saqlanadi [4]. 
    Quyida amaliy topshiriqlarni hal etish uchun zarur bo‗lgan tarmoq xizmatlari keltirilgan 
    (1-jadval). 
    1-jadval 

    Download 0.69 Mb.
      1   2   3




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‗quv jarayonida foydalaniladigan bulutli tarmoq xizmatlarining funktsional imkoniyatlari

    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish