1-mavzu. Kirish. Zamonaviy ta’lim texnologiyasining konseptual
asoslari.
REJA:
1.«Fizika va astronomiyani o‘qitishni loyihalashtirish» o‘quv
fanining
predmeti, strukturasi, o‘quv mashgulotlari shakli, ularga ajratilgan o‘quv soatlari
hajmi.
2.Talabalar o‘quv-biluv faoliyatiga qo‘yiladigan talablar.
Ushbu fan
bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi.
3.Zamonaviy ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari.
1.«Fizika va astronomiyani o‘qitishni loyihalashtirish» o‘quv fanining
predmeti, strukturasi, o‘quv mashgulotlari shakli, ularga ajratilgan o‘quv
soatlari hajmi.
Bugungi kunda ta‘lim va tarbiya bilim va koʻnikmalarning tez oʻzgarishini
inobatga olgan holda kelajakka yoʻnaltirilgan boʻlishi, oʻquvchilarning faqatgina
insoniyat tomonidan toʻplangan bilimlar va tajribalarni oʻzlashtirishlari bilan
cheklanmasligi lozim.
Oʻquvchida doimiy mustaqil ta‘lim olish ehtiyojini tarbiyalash, mustaqillik,
faollik, sub‘ektivlik kabi shaxs sifatlarini shakllantirishga
imkon beradigan
oʻqitishning yangi shakllari va metodlari zarurdir. Bu vazifa boshlang‘ich ta‘lim
bosqichidanoq qoʻyiladi, chunki oʻqituvchilarning boshlang‘ich ta‘lim davrida
oʻquvchilarda shakllantiriladigan koʻnikma va malakalari butun hayot davomida
foydalaniladi.
Ushbu fan dasturi bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchisida kasbiy
tayyorgarlikni ta’minlash, fizika-astronomiyani o‘qitishda innovatsion ta’lim
muhitini
loyihalashtirish, amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan bilim,
ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir.
Fizika va
astronomiya o‘qitishda modulli, muammoli ta’lim, didaktik - o‘yinli,
hamkorlikda o‘qitish hamda an’anaviy ta’lim
texnologiyalaridan,
axborot
texnologiyalari, multimediya texnologiyalaridan foydalanishni loyihalashtirishga
o‘rgatish rejalashtirilgan.
Fanning maqsadi - bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchisida kasbiy
tayyorgarlikni rivojlantirishni ta’minlash, fizika va astronomiyani o‘qitshnda
innovatsion ta’lim
muhitini loyihalashtirish,
amalga oshirish uchun zarur
bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir.