Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

29.4-rasm. TDDli OFDM kadrning tuzilmasi.


423
“Pastga” subkadr preambula, kadr sarlavhasini boshqaruvchi (ingl. 
Frame Control Header, FCH) va ma’lumotlar paketlari ketma-ketligini 
o‘z ichiga oladi. Preambula “pastga” kanalda ikki OFDM simvollar-
dan iborat (uzun preambula), kadrlarni sinxronlashtirishga mo‘ljallan-
gan va QPSK yordamida modulyatsiyalanadi. Preambuladan keyin 
standart kodlash sxemasini BPSK yordamida modulyatsiyalanadigan 
va bitta OFDM simvoldan iborat kadr sarlavhasini boshqaruvchi ke-
ladi. Sarlavha DL subkadrdagi birinchi paket (yoki bir necha bosh-
lang‘ich) uzunligini va profilini tavsiflaydigan “pastga” kanal kadri-
ning prefiksidan (ingl. Downlink Frame Rrefix, DLFP) iborat. Birinchi 
paketga keng uzatishli xabarlar, “pastga” va “yuqoriga” liniyalarda 
paketlarning joylashish xaritasi (DL-MAP/UL-MAP) “pastga”/”yu-
qoriga” kanallar diskriptorlari va boshqa xizmat axborotlari kiradi. 
“Pastga” subkadr AU boshlang‘ich initsializatsiyalash uchun (tar-
moqqa ulanishni olish uchun) va uzatishga kanalga so‘rov uchun 
davrlarni o‘z ichiga oladigan raqobatli ruxsat intervalidan iborat. Keyin 
TS ma’lum AUlarga uzatish uchun tayinlangan vaqt intervallari keladi. 
Bu intervallarning taqsimlanishi haqida axborotlar (boshlanish nuqta-
lari haqida) UL-MAP xabarlarida joylashadi. AU o‘z vaqt intervalida 
qisqa preambulani (bitta OFDM simvol) uzatish bilan translyatsiyani 
boshlaydi, undan keyin MAS darajada shakllantirilgan axborot paketi 
uzatiladi. OFDM kadrlarining uzunliklari 2,5; 4; 5; 8; 10; 12,5; va 20 
ms larni tashkil etishi mumkin. TS belgilangan kadrlarni qurish davrini 
o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki bu holda barcha AU larni resinxron-
lashtirish talab qilinadi. Ulanishlarni o‘rnatilishiga so‘rov umumiy qa-
bul qilingan IEEE 802.16d standartidan farq qilmaydi. Lekin, OFDM 
rejimida kanal resursi faqat vaqt sohasida emas, balki chastota so-
hasida ham TS va AU bunday imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan 
sharoitlarda. ya’ni alohida kubkanallarda taqdim etilishi mumkin.

Download 8,51 Mb.
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish