• 30-bob. WIRELESSMAN-OFDMA REJIMI UCHUN RNY DARAJASINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI 30.1. WirelessMAN-OFDMA rejimidagi kadrning tuzilmasi
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet220/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    Nazorat savollari:
    1. Wi-Fi tizimlarining qisqacha rivojlanish tarixini bayon eting.
    2. Wi-Fi tarmoqlarining asosiy elementlari va ishlash prinsipi 
    qanday?
    3. Wi-Fi tizimlarining asosiy afzalliklari nimada?
    4. Wi-Fi tizimlarining asosiy kamchiliklari nimada?
    5. Wi-Fi tizimlarida xavfsizligi qanday ta’minlanadi?
    6. Dunyodagi Wi-Fi tijoriy tarmoqlariga misollar keltiring.
    7. Wi-Fi notijoriy tarmoqlari qanday prinsiplar asosida quriladi?


    426
    30-bob. WIRELESSMAN-OFDMA REJIMI UCHUN RNY 
    DARAJASINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI
    30.1. WirelessMAN-OFDMA rejimidagi kadrning tuzilmasi
    WirelessMAN-OFDMA rejimidagi kadrning tuzilmasi ko‘p ji-
    hatdan yuqorida ko‘rib chiqilgan kadrlar tuzilmalariga o‘xshash, 
    lekin o‘zining farqlariga ham ega. Kadrning uzunliklari 2; 2,5; 4; 
    5; 8; 10; 12,5; va 20 ms larni tashkil etishi mumkin. OFDMA 
    kadri subkanallar to‘plamini o‘z ichiga oladigan OFDMA simvollar 
    ketma-ketligidan iborat. OFDMA simvollardan iborat ma’lumotlar 
    paketlari turli subkanallarda bir vaqtda uzatilishi mumkin. Sub-
    kanallar bo‘yicha nimeltuvchilarni taqsimlash (ya’ni bir subkanalga 
    nimeltuvchilarni taqsimlash) uzatish yo‘nalishga va nimeltuvchilar-
    ni taqsimlash usuliga bog‘liq. IEEE 802.16 standarti ham “past-
    ga”, ham “yuqoriga” kanalda nimeltuvchilarni taqsimlashning bir 
    necha usullarini tavsiflaydi. Prinsipial jihatdan ular FUSC (ingl. 
    Full Usage of the Subchannels) TS uzatkichi tomonidan to‘liq ish-
    latiladigan va RUSC (ingl. Portial Vsage of the Subchannels) sub-
    kanallar qisman, ya’ni butun ruxsat etiladigan dia pazon to‘liqsiz 
    ishlatiladigan turlarga ajratiladi. RUSC va FUSC usullarida (va 
    ularning variatsiyalarida) har bir subkanalga barcha ruxsat eti-
    ladigan fizik kanal bo‘yicha bir tekis taqsimlangan nimeltuvchilar 
    taqdim etiladi. Lekin boshqa yondashuv subkanallarda ketma-ket 
    (qo‘shni) nimeltuvchi chastotalar to‘plamidan foydalanishdan foy-
    dalaniladi. Bunday yondashuv adaptiv antenna tizimlarida ishlash 
    uchun mo‘ljallangan AMS (ingl. Adaptive Modulation and Coding) 
    uslubida ishlatilgan. AMS usulida ham 2048 ta nimeltuvchi ishlati-
    ladi, ulardan 160 tasi pastki va 159 tasi himoya intervallarini tashkil 
    etadi, markaziy chastota esa ishlatilmaydi. Qolgan nim eltuvchilar 
    har biri 9 ta nimeltuvchidan bo‘lgan 192 ta chastota guruhlariga 
    (ingl. bin) ketma-ket bo‘lib chiqiladi. Har bir guruhdagi markaziy 
    (beshinchi) nimeltuvchi pilot hisoblanadi.AMS rejimida subkanal 
    bir chastota guruhini vaqt bo‘yicha oltita ketma-ket OFDM sim-


    427
    vollarni yoki ikki chastota guruhini va uchta OFDMA simvollarni 
    ishlatadi. AMS subkanallarning tuzilmasi “pastga” va “yuqoriga” 
    subkadrlarda bir xil. Bunda nimeltuvchilarni qayta o‘rnatish sub-
    kanal chegaralarida amalga oshiriladi.
    Ta’kidlaymizki, bitta subkadr chegaralarida subkanallar bo‘yicha 
    nimeltuvchilarni taqsimlash turli RUSC, FUSC, AMS va bosh-
    qa taqsimlash mexanizmlaridan foydalanish mumkin. Standartda 
    “qayta o‘rnatish hududlari” chegaralari (ingl. Permutation Zone) 
    DL-MAP va UL-MAP subkadrlar kartalarida aniqlanadi.
    OFDMA rejimida ma’lumotlarni uzatish uchun minimal resurs 
    “slot” hisoblanadi. Slot bir subkanalni va bittadan o‘rtacha OFD-
    MA simvollar ketma-ketligini egallaydi. “Pastga” subkadrda slot-
    ning uzunligi FUSC rejimda bir simvolga RUSC rejimda esa ikkita 
    simvolga teng. “Yuqoriga” subkadrda slotning uzunligi doimo uchta 
    OFDMA simvollarga teng. WirelessMAN-OFDMA rejimi uchun 
    RNY darajasining asosiy ko‘rsatkichlari 30.1-jadvalda keltirilgan.
    30.1-jadval

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish