432
shuningdek, WiMAXWiMAX tizimi ishini boshqarish ishlatila-
di. IEEE 802.16 standarti jihozi turli ilovalar (servislar) uchun
transport muhitini
shakllantirishga chaqirilgan, shuning uchun
standartdagi birinchi yechiladigan masala bu yuqori darajalar
xilma-xil servislarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi bo‘ldi.
Shuning uchun standartni ishlab chiquvchilar vazifasi barcha
ilovalar uchun fizik darajaning qurilishini o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan MAS darajasining yagona
protokolini yaratish bo‘ldi.
O‘z navbatida IEEE 802.16 standartining MAS darajasi uchta
nimdarajaga bo‘linadi (chiquvchi bo‘yicha):
• SS
(ingl. Convergence Sublayer) — servisni o‘zgartirish nim-
darajasi;
• CPS
(ingl. Common Part Sublayer) —
asosiy nimdaraja;
• PS
(ingl. Privacy Sublayer) — himoya nimdarajasi.
SS nimdarajada IEEE 802.16 tarmog‘i orqali uzatish uchun
yuqori darajadan ma’lumotlar oqimlarini transformatsiyalash
amalga oshiriladi. IEEE 802.16 standartida hozircha ikkita ser-
vis pultlari turlari ATM va paketli uzatish (IP, Ethernet, virtu-
al-VLAN) tavsiflangan. SS nimdarajaning
maqsadi bu xusu-
siyatlari hisobga olinganda yuqori daraja ilovalarini uzatishni
optimallashtirishdir. Shuning uchun SS nimdarajasining muhim
vazifasi paketlar klassifikatsiyasi hisoblanadi. SRS asosiy nimda-
rajaning asosiy vazifasi yagona uzatish muhiti-radioefirga ko‘plab
foydalanuvchilarga ulanishni ta’minlash hisoblanadi. Bunda 2 ta
topologiya ishlatilishi mumkin:
• faqat TSAU aloqasi mavjud bo‘lgan “nuqtako‘p nuqta to-
pologiyasi”;
• TSAU aloqasidan tashqari, AUAU to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa
mavjud bo‘lgan “mesh-topologiya” topologiyasi.
PS himoya nimdarajasida ma’lumotlarni kriptohimoyalash
funksiyasi va sanksiyalanmagan ulanishni autentifikatsiyalash/ol-
dini olish mexanizmlari ishlatiladi.
IEEE 802.16 standartida “servis oqimi” tushunchasi va unga
bog‘liq bo‘lgan “ulanish”, “ulanish identifikatori” va “servis sin-
433
fi” tushunchalari ishlatiladi. IEEE 802.16 standartida servis oqimi
deganda ma’lum ilovaga (servisga) bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar
oqimi tushuniladi. Mos ravishda servis oqimiga QoS bo‘yicha,
ya’ni kanalning talab etiladigan o‘tkazish
qobiliyatiga, ilg‘orlik
darajasiga (1 dan 7 gacha), javonning ulanish vaqtiga darajasiga
talablar qo‘yiladi. Tarmoqdagi har bir servis oqimi maxsus ser-
vis oqimiga bog‘liq bo‘lgan zarur ulanish parametrlarini TS-AU
o‘rnatishiga asoslanib o‘z SFID
(ingl. Service Flow ID) 32 razry-
adli identifikatoriga ega bo‘ladi.
IEEE 802.16 terminologiyasida “ulanish” tushunchasi (shu-
ningdek, “transport ulanish” atamasini ishlatiladi) servis oqimini
uzatish uchun MAS-dalajada mantiqiy aloqaning o‘rnatilishini
bildiradi. Har bir ulanish turi va xarakteristikasi bog‘liq bo‘lgan
o‘z SID
(ingl. Connection ID) 16 razryadli
identifikatoriga ega
bo‘ladi. Har bir AUga tarmoqdagi boshlang‘ich initsializatsiyada
uchta darajadagi xizmat xabarlar uchun uchtadan SID tayinlana-
di. Shunday qilib AU turli ilovalar uchun (masalan, telefoniya,
televideniya, Internetga ulanish yoki korporativ tarmoq uchun)
ko‘plab turli ulanishlarni o‘rnatish mumkin. Bu ilovalardan har
birini QoS ma’lumotlarini uzatish tezligiga SID orqali o‘z ta-
lablarini qo‘yadi va TS mos SFID tarmoq oqimini tashkil etadi.
Tarmoqdagi ishini umumiy standartlashtirish uchun “servis sin-
fi” tushunchasidan,
standart ilovalar, masalan, E1 telefon kanalla-
rini translyatsiyalash uchun parametrlar barqaror foydalanishidan
foydalaniladi. Servis oqimining parametrlarini ularning ma’lum
servis sinfiga tegishliligini ko‘rsatish bilan berish mumkin.
IEEE 802.16 standarti to‘lig‘icha paketli kommutatsiyaga asos-
langan. CPS asosiy nimdarajada MAC PDU
(ingl. MAC Pro-
tocol Date Unit – MAC protokoli ma’lumotlari bloki) ma’lumot-
lar paketlari shakllantiriladi. Keyin ular fizik darajaga uzatiladi,
fizik paketlarga inkapsulyatsiyalanadi va
radiokanal orqali trans-
lyatsiyalanadi (uzatiladi). MAC PDU paketi (keyinchalik PDU)
umumiy sarlavha va ma’lumotlar maydonini (u bo‘lmasligi ham
mumkin) o‘z ichiga oladi, ulardan keyin CRC nazorat yig‘indisi
kelishi mumkin (30.2-rasm).