• “dag‘al xendover” (ingl. Hard Handoff, HHO); •




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

 “dag‘al xendover” (ingl. Hard Handoff, HHO);
 TSni tez qayta ulanishi (ingl. Fast Base Station Switching, 
FBSS);
 makroajratishli “xendover” (ingl. Macro Diversity Handower, 
MDHO).
Ulardan faqat “dag‘al xendover” usuli majburiy, TS tez qay-
ta ulanishi va makroajratishli “xendover” usullari opsional hi-
soblanadi. WiMAX Forumi tomonidan IEEE 802.16e standarti 
spetsifikatsiyalari doirasida “dag‘al xendover” jarayonini optimal-
lashtirish uchun bir necha mexanizmlar ishlab chiqildi. Takomil-
lashtirish avvalo 50 ms dan kam “xendover”da 2-darajada javobni
ushlanishi vaqtini qisqartirish maqsadida bo‘ldi. “Dag‘al xendo-
ver” jarayonini atroflicha ko‘rib chiqamiz.
AU bir TS dan boshqasiga qayta ulanishidan oldin, unga 
yangi TSni topishi va tanlashi kerak. AU uchun qo‘shni TS lar-
ni qidirishini osonlashtirish uchun mobillikni qo‘llab-quvvat-
laydigan har bir TS qo‘shnilarni taqdim etish bo‘yicha maxsus 
xabarni davriy ravishda yuboradi (ingl. Neihgbor Advertisiment). 
Bu xabarda barcha qo‘shni TSlar va ularning profili, ish re-
jimlarini (masalan, OFDM yoki OFDMA texnologiyasi, FTO‘ 
massivi o‘lchami, polosa kengligi, kanalning tartib raqami, 
chastotalar to‘plami, antennadagi ekvivalent quvvat va boshqa-
lar), har bir TS uchun “xendover” jarayonining o‘ziga xos xu-
susiyatlari, qo‘llab-quvvatlanadigan QoS sinflari va boshqalar 
sanab o‘tiladi. AU so‘rovi bo‘yicha xizmat qiladigan TS unga 
“xendover” uchun AU qo‘shni TSlarni skanerlash davomliligi 
bo‘lgan maxsus vaqt intervallarini (ya’ni, skanerlash intervalla-
rini) tayinlaydi. Skanerlash inetrvallari normal ishlash interval-
lari bilan navbat almashishi mumkin. Skanerlash intervallarini 
so‘rashda AU TSlarni (masalan, xizmat ko‘rsatuvchi TS ro‘y-
xatidan) ular bilan aloqa shartini u tahlil qiladiganlarini sanab 
o‘tishi mumkin.


446
Skanerlashda assotsiatsiyalash jarayoni bo‘lishi mumkin. Bu 
opsional funksiya bo‘lib AUga TS so‘raydigan QoS fizik para-
metrlarini va xossalarini olish va saqlashga imkon beradi. Standart 
uchta assotsiatsiyalash turlarini aniqlaydi:
0 daraja bu oddiy (koordinatsiyalanmagan) ishlov berish. AU 
skanerlash intervallari vaqtida TS ularga o‘zining xabari bilan 
javob beradigan maxsus test xabarlarini qo‘shni TSlarga yuborish 
bilan ishlov berish jarayonini bajaradi. Bunda AU kanaldagi sig-
nal/shovqin nisbatini qabul qilingan signalning quvvatini, javobni 
ushlanish vaqtini va boshqalarni aniqlaydi. Tayanch stansiyalarga 
so‘rov raqobat asosida berilgan so‘rov intervallarida beradi.
1-daraja bu xizmat qiladigan TS skanerlashda qatnashishi 
ko‘zda tutiladigan koordinatsiyalangan assotsiatsiyalash. Ham AU 
dan so‘rov bo‘yicha, ham TSning o‘zi tayinlangan AUda ishla-
tilishi mumkin. Xizmat ko‘rsatadigan TS qo‘shni TSlardan ular 
uchun qulay vaqtni ishlov berishga so‘raydi. Qo‘shni TSlar javo-
ban xizmat ko‘rsatadigan TSga ishlov berishga so‘rov va so‘rovni 
uzatish sharti uchun ulkan CDMA-kodni uzatadi. Bu shartlar va 
CDMA-kodlarni xizmat ko‘rsatadigan TS AUga xabar qiladi va 
buning o‘zi berilgan vaqtda qo‘shni TSlar bilan aloqa qiladi.
2-daraja bu tarmoq bo‘yicha bildirishli assotsiatsiyalash bo‘lib, 
u koordinatsiyalangan assotsiatsiyalashga o‘xshash, lekin ishlov 
berishda AUga faqat CDMA-kodni uzatish yetarliligi va qo‘shni 
TSlardan javobni kutishning kerak emasligi bilan farq qiladi. Bar-
cha qo‘shni TSlar so‘rovni olib xizmat ko‘rsatadigan TS AUsidan 
aloqa kanalining fizik parametrlari haqidagi axborotlarni uzatadi, 
xizmat ko‘rsatadigan TS bu axborotlarni to‘playdi va AUga bitta 
xabarda uzatadi.
Skanerlash va assotsiatsiyalash jarayonlari bevosita “xendover”ga 
olib keladi va qo‘shni TS lar ro‘yxatini shakllantirishga va navbat-
dagi ulanish uchun ulardan birini tanlashga imkon beradi. “Xendo-
ver” jarayonining o‘zi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
 bevosita skanerlash va assotsiatsiyalash asosida yacheykani 
tanlash;


447

Download 8,51 Mb.
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



• “dag‘al xendover” (ingl. Hard Handoff, HHO); •

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish