WiMAX tizimi va IMT-2000 dasturi




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

WiMAX tizimi va IMT-2000 dasturi 
Ma’lumki, Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi (HTI) 3G 
– uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarining uyg‘unlashtirish 
maqsadida, ya’ni mobil aloqa standartlarining ko‘p sonli 
bo‘lib ketishini oldini olish va ularning global miqyosda 
o‘zaro ishlay olishi uchun IMT-2000 dasturini joriy etgan edi. 
2006-yilning noyabrida IEEE 802.16 standartlarining asosi 
hisoblangan yangi IP-OFDMA radiointerfeysining ushbu 
dasturga qo‘shish haqida (ITU–R WP8F/ITU–R Pro.WP/ 
1065) IEEE tomonidan taklif kiritilgan [39]. 2007-yilda HTI 
IMT-2000 dasturi doirasida to‘rtta turli ulanish texnologiyalari 
(FDMA, TDMA, CDMA va OFDMA)ga asoslangan oltita 
radiointerfeyslarni o‘z tarkibida tasdiqlagan. Bularga quyidagi 
radiointerfeyslar kiradi:
 CDMA-Direct Spread – spektrni to‘g‘ridan to‘g‘ri 
kengaytirish asosida ishlaydigan CDMA texnologiyasi. UTRA 
radiointerfeysi, shuningdek, W-CDMA texnologiyasi sifatida 
ma’lum (yuqorida batafsilroq berilgan). UMTS va FOMA 
standartlarida qo‘llaniladi. 


459
CDMA-Multi Carrier – bir nechta eltuvchilar asosida 
ishlaydigan CDMA texnologiyasi. CDMA-2000 standartlar 
oilasida qo‘llaniladi. 
CDMA-TDD – vaqt bo‘yicha dupleks asosida ishlaydigan 
CDMA texnologiyasi. UTRA TDD radiointerfeysi. TD-SCDMA 
standartida qo‘llaniladi. 
TDMA-Single Carrier – bir eltuvchi asosida ishlaydigan 
TDMA texnologiyasi. UWC-IS-136 standarti qo‘llanilishi ko‘zda 
tutilgan. 
FDMA-TDMA – FDMA va TDMA texnologiyalarining 
qo‘shilishi. DECT standartida qo‘llaniladi. 
IP-OFDMA – IP protokolini qo‘llab-quvvatlaydigan bir necha 
ortogonal eltuvchilar asosida ko‘p sonli ulanish texnologiyasi. 
FDD chastota bo‘yicha dupleks asosidagi OFDMA radiointerfeysi. 
WiMAX va LTE standartlarida qo‘llaniladi. 
WiMAX tizimlarining kelgusi rivoji IEEE 802.16 guruhidagi 
yangi standartlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq deb 
hisoblanmoqda. IEEE 802.16 ishchi guruhi doirasida standartni 
takomillashtirish bo‘yicha ko‘p sonli tadqiqotlar o‘tkazilmoqda 
va hozirgi vaqtda eng istiqbolli deb IEEE 802.16m standarti 
loyihasi ko‘rilmoqda. U ko‘zda tutilganidek, IMT Advanced 
sifatida ma’lum bo‘lgan (ya’ni, IMT-2000 dan keyingi) tizimlarni 
tavsiflaydi. WiMAX forumi IEEE 802.16m standartini WiMAX 
tizimlarini boshqa mobil texnologiyalar bilan konvergensiyasining 
(birlashishining) asosi sifatida baholamoqda. IEEE 802.16m 
standartining paydo bo‘lishi 2012-yilga to‘g‘ri kelgan. 
IMT Advanced dasturi IMT-2000 tizimlarida erishilmagan 
yanada yuqori ma’lumot uzatish tezligiga, yanada katta mobillikka 
va funksionallikka ega tizimlarni yaratishga qaratilgan. Bundan 
ko‘zda tutiladiki, IMT Advanced texnologiyalari yuqori mobillikda 
100Mbit/sek gacha va past mobillikda va turg‘unlikda 1Gbit/sek 
gacha tezliklarni ta’minlaydi va shu sabab bu texnologiyalarni 
mobil aloqa tizimlarining to‘rtinchi avlodi – 4G ga kiritish 
mumkin (32.1-rasm). 


460
Eslatib o‘tish kerakki, “IMT-2000” va “IMT Advanced” 
dasturlari hozirgi vaqtda yagona “IMT” dasturiga birlashtirilgan. 
3G texnologiyasining rivojlanishi
2005
2006
2006+
2007–2009
Simsiz keng polosali texnologiyalarning rivojlanishi
3G
EV-DO
WCDMA
OFDMA ga
asoslangan
Wi-Fi
OFDM
802.16e-2005 
OFDM
3.5G
EV-DO Rev A 
HSDPA
802.16e-2005
MIMO-BF
OFDMA
3G evolyutsiyasi,
LTE, EV-DO Rev 
B,C OFDMA, 
MC-CDMA

Download 8,51 Mb.
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish