474
Tarmoqning o‘tkazish polosasi
AAS texnologiyasi bu ko‘rsatkich bo‘yicha MIMOga qaraganda
yuqori natijalar beradi. Bir tipdagi
tarmoqlar uchun har bir sek-
torda chastota spektridan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlari
quyida keltirilgan (33.2-jadval).
Natijalar ko‘rsatadiki, AAS texnologiyasidan foydalanish bilan
tarmoqning xizmat ko‘rsatish aloqa sifatini 90% gacha oshirishni
ta’minlash mumkin.
MIMO texnologiyasi mikrosotali tizimlarda juda yuqori o‘tka-
zish qobiliyatini ta’minlaydi, lekin
bunga abonent uskunalarini
qo‘shimcha murakkablashtirish hisobiga erishiladi. Yana, eslatib
o‘tish kerakki, TS va AU bevosita ko‘rinish holatlarida MIMOli
sxema yomon ishlaydi.
33.2-jadval