• 33.4. WiMAX tarmoqlarida radiochastota diapazonidan foydalanish. WiMAX tizimlari uchun radiochastotalarni taqsimlashda butun dunyo an’analari
  • WiMAX tarmoqlarini yoyishning qiyinchiliklari




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet249/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    WiMAX tarmoqlarini yoyishning qiyinchiliklari
    To‘rtinchi avlod tarmoqlariga qo‘yiladigan talablarga mos ra-
    vishda WiMAX tizimlariga aloqa seanslarini qayta ishlash dinamik 
    algoritmlarini ta’minlash, radioefir shartlariga mos ravishda signal 
    qayta ishlash usullarini soddalashtirish kabi talablar qo‘yiladi.
    Agar WiMAX tizimlari “signal-shovqin” nisbatining yuqori 
    ko‘rsatkichiga va ishonchli signalga ega bo‘lsa, yuqori tezlikli 
    uzatish rejimini tanlash mumkin, bunda signal qabul qilgichlar-
    da oson va aniq dekodlanadi. Radiomuhitning yomon parametrli 
    holatlari da tizim ancha chidamli chignal qayta ishlash usullari ni 
    tanlaydi (masalan, OFDM simvolidan foydalanib kam bitli yuqori 
    quvvatli signal chiqarish), bu esa signalni aniqroq dekodlash im-
    konini beradi. Shuning uchun WiMAX tarmoqlarini yo yish bir 
    qator murakkabliklarga ega, bunda nafaqat signal pog‘onasi va 
    CINR koeffitsientlari hisobga olinadi, shuningdek Abonent 
    uskunalari uchun kanal resurslarini dinamik taqsimlash mexa-
    nizmlari bilan aniqlanadi. Ko‘plab aloqa tizimlari 2–3 profildagi 
    aloqa seanslariga ega, shuningdek WiMAX tizimlarida bir vaqtda 
    7 tagacha profil mavjud bo‘lishi mumkin, lekin WiMAX tizim-
    larida signalni qayta ishlash algoritmlari boshqa simsiz tizimlarga 
    nisbatan ancha murakkabroq bo‘lib tuyiladi.
    33.4. WiMAX tarmoqlarida radiochastota 
    diapazonidan foydalanish. WiMAX tizimlari uchun 
    radiochastotalarni taqsimlashda butun dunyo an’analari
    WiMAX bu keng polosali simsiz ulanish (KSU) tarmoqlarini yara-
    tish uchun ishlab chiqilgan texnologiya bo‘lib, ular an’aviy sotali alo-
    qa tizimlari ishlatmaydigan chastotalar polosasida, ya’ni 2GGs dan 
    yuqori diapazonda ishlaydi. WiMAX tarmoqlari ishlatadigan chas-
    totalar spektri 2,3GGs va 2,7GGs orasidagi diapazondagi polosa-
    ni (Shimoliy Amerikada foydalaniladigan), turg‘un xizmatlar uchun 
    3,3GGs va 3,8GGs orasidagi diapazondagi polosani, shu ningdek


    477
    Wi-Fi va simsiz telefoniyada foydalaniladigan “litsenziyalanmagan” 
    2,4GGs va 5,8GGs polosani o‘z ichiga oladi. Zamonaviy IEEE 
    802.16 standartlari 2GGs va 6GGs orasidagi butun chastotalar di-
    apazonini qo‘llab-quvvatlasada, WiMAX forumi 2,5GGs, 3,5GGs 
    va 5,8GGs polasalarda sertifikatlarni olishga yo‘naldi. Qurilgan Wi-
    MAX tarmoqlarining asosiy ulushi 3,5GGs diapazonga to‘g‘ri keladi, 
    bu yerda butun dunyoda o‘rnatilgan uskunalarning 40 foiziga to‘g‘ri 
    keldi, keyin 5GGs; 5,2GGs; 5,4GGs; 5,6GGs; 5,8GGs diapazonlar 
    keladi. KSU jahon bozorining 85 foizi atrofidani operator tarmoqlari 
    tashkil etadi, qolgan qism esa xususiy korporativ tarmoqlarga to‘g‘ri 
    keladi [51].
    Lekin, bunda WiMAX tizimlari uchun alohida radiochasto-
    talar polosasi ajratilmadi. WiMAX uchun 2,5GGs yoki 3,5GGs 
    chastotalar diapazonidagi “biriktirilgan” spektr haqida gapiril-
    ganda ham bu diapazonlarda chastotalar polosasining turliliga ega 
    bo‘linadi. Masalan, AQSH, Kanada va Lotin Amerikasining bir 
    necha davlatlarida KSU tizimlari uchun spektr 2,3GGs polosa-
    larda va 2,5GGS hamda 2,7GGs orasidagi diapazonda ruxsat eti-
    ladi, u holda Wi-Fi tizimlari va simsiz telefonlar uchun 2,4GGs 
    polosa ishlatilayotgani bois, unga ruxsat etilmaydi. Chastotalarni 
    taqsimlashda 3,5GGs polosada va 3,3GGs va 3,8GGs orasidagi 
    diapazonda murakkab vaziyat vujudga keldi. 
    Bosh muammo shundaki, ko‘zda tutilgan polosalar turli tarqa-
    lish xarakteristikali turli diapazonlar qismlaridan, uzatkichlar 
    quvvatlariga talablar va uskunalarni ishlatilishi imkoniyatlaridan 
    iborat. Vaziyat yanada murakkablashadiki, keng polosali simsiz 
    ulanishga taqsimlangan spektr hatto alohida olingan kontinent-
    larda ham deyarli garmonlashtirilmagan. Lekin, hatto prinsipial 
    umumiy spektr texnik ajratilishi mumkin bo‘lgan joylarda ham 
    siyosiy reja muammosi vujudga keladi, chunki turli davlatlarda 
    radiochastota spektrini ishlatish bo‘yicha turli talablar amal qiladi. 
    Natijada, xalqaro va milliy spektrdan foydalanish qoidalari labi-
    rintida WiMAX tizimlarini rivojlantirish uchun yo‘llarni qo‘yish 
    oson bo‘lmaydi va katta kuchlarni talab qiladi.


    478

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    WiMAX tarmoqlarini yoyishning qiyinchiliklari

    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish