WiMAX tizimlari uchun spektrni ajratishga




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

33.5. WiMAX tizimlari uchun spektrni ajratishga 
bog‘liq muammolar
Avval ko‘rsatilganidek, IEEE 802.16 standarti spetsifikatsiyalari 
keng chastotalar diapazonida ishchi polosalarni aniqlaydi, shu-
ning uchun WiMAX tizimlari nazariy jihatdan 66 GGsdan kam 
bo‘lgan istalgan chastotalarda ishlashi mumkin. WiMAX Foru-
mi WiMAX tarmoqlarini qurish uchun uchta 2,5GGs, 3,5GGs 
va 5,8GGs chastotalar oraliqlarini aniqlagan bo‘lsada, amalda 
bu masalada hozircha global ko‘lamda birlik yo‘q. Bunday gor-
monlashtirish esa, avvalo oxirgi uskunaning narxini kamaytirish 
uchun zarur. Mur qonuni deyiladigan qonun (yoki ishlab chiqa-
rishning ishirilishi hisobiga tejash qonuni) WiMAX uskunalarini 
ishlab chiqarish (mobil terminallar yoki o‘rnatiladigan WiMAX 
kartalar) ommaviy bo‘lishi uchun mahsulot birligining tannarxi 
kamaytirilishi (v mos ravishda oxirgi narx) kerakligini nazarda 
tu tadi. Binobarin, narxni tashkilashtirishning bunday konsepsiyasi 
tayanch uskunalar uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi. 
Shunday qilib, dunyoning turli regionlarida WiMAX tarmoq-
larini qurish uchun turli chastotalar polosalariga ruxsat etiladi, 
lekin ilg‘orlik WiMAX Forumi aniqlaydigan polosalarga beriladi. 
Yevropada, masalan, WiMAX tizimlari uchun sezilarli chastota 
resurslari 3,5GGs dipazonda ruxsat etiladi. AQSHda eng katta 
ruxsat etiladigan polosa 3,5GGs dipazonda joylashgan va endi-
likda asosan Sprint Nextel va Clearwire kompaniyalari orasida 
taqsimlangan. Janubiy-sharqiy regionda ko‘rinib turibdiki boshqa 
diapazonlarga ham ruxsat etilsada, 2,3GGs diapazon ommaviy 
bo‘lib qoladi. Hindiston va Indoneziyada 2,5GGs va 3,3GGs dia-
pazonlardagi polosalar ishlatiladi, Pokistonning milliy WiMAX 
operatori esa 3,5GGs diapazonda ishlaydi.
Analog televidenie diapazoni (700MGs) WiMAX tarmoqlarini 
qurish uchun ruxsat etilishi mumkin, lekin, birinchidan, to‘liq 
raqamli televideniega o‘tilishni kutish zarur, ikkinchidan, bu 
dia pazon uchun boshqa texnologiyalar ham da’vogarlik qilmoq-


479
da. 2008-yilda AQSHda bu spetrni taqsimlash bo‘yicha auksion 
o‘tkazildi va natijada spektrning eng katta ulushlari Verizon Wire-
less va AT&T kompaniyalarga ajratildi. Va bu har ikkala kom-
paniyalar bevosita WiMAX tizimlariga raqobatda bo‘lgan LTE 
tarmoqlarini qurishda o‘zlarining istaklarini bildirishdi. Yevro-
komissiya esa, WiMAXni qo‘shganda simsiz aloqa tizimlari uchun 
500–800MGs diapazondagi spektrni qayta taqsimlash masalasini 
ko‘rib chiqmoq da. Yevropada eng istiqbolli 770–862MGs polosa 
hisoblanadi, u birinchi navbatda analog teleuzatishda bo‘shatila-
di. Shuningdek, Yevroittifoq WiMAX texnologiyalari ham ular 
qatoriga kiradigan HSPA va EVDO texnologiyalari kabi istiqbolli 
keng polosali tarmoqlari uchun 900MGs diapazondan foydalan-
ishni ma’qullaydi.
Ta’kidlash kerakki 2007 yilning oktyabrida HTI radioaloqa 
Sektori (ITU-R) qabul qilgan WiMAX texnologiyalarining IMT-
2000 standartlar oilasiga kiritilishi haqidagi qarori shunga olib ke-
ladiki, “mobil WiMAX” uskunalari (xususan, bugungi kunda 2,5-
2,69GGs diapazonda) yanada unifikatsiyalanadi va uni IMT-2000 
dasturini tan oladigan dunyoning istalgan mamlakatida ishlatish 
mumkin bo‘ladi.

Download 8,51 Mb.
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish