WiMAX tarmoqlarida axborot xavfsizligi masalalari




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

34.4. WiMAX tarmoqlarida axborot xavfsizligi masalalari
IEEE 802.16 standartiga asoslangan WiMAX keng polosali 
simsiz ulanish tarmoqlari bugungi kunda istiqbolli, tez rivojla-
nayotgan aloqa texnologiyasi hisoblanadi. Ularda Wi-Fi (IEEE 
802.11 standart) tarmoqlaridagi kabi simli tarmoqlardagiga qa-
raganda nisbatan oson hujum qilinishi sababli axborot xavfsizligi 
masalasi o‘tkir bo‘lib turibdi. Shuning uchun WiMAX tizimlari-
da xavfsizlik masalalari va ularni mumkin yechimlarini aniqlash 
oldindan birinchi darajada turdi. Wi-Fi tarmoqlarini ishlatishdan 
tajribalaridan olingan saboqlar IEEE 802.16 standartida hisobga 
olindi va standartning taalluqli spetsifikatsiyalarida yoritib o‘tildi 
[54].
Axborot xavfsizligi deganda axborot munosabatlari subyekt-
lariga, shu jumladan, axborotlar egalariga va foydalanuvchilarga
qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmaga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazi-
shi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi o‘ylangan va 
tasodifiy ta’sirlardan axborotlarning va quvvatlovchi infratuzilma 
himoyalanganligi tushuniladi.


490
Qanday tarmoqda bo‘lsa ham axborot xavfsizligi tizimini re-
jali tashkil etish uchun xavfsizlik mezonlarini aniqlash zarur. Bu 
mezonlar risklar va tahdidlar asosida, shuningdek ham tarmoq 
operatorlari, ham foydalanuvchilarining xavfsizligi talablarini hi-
sobga olib aniqlanadi. Axborot tizimlaridan foydalanishga bog‘liq 
subyektlar manfaatlari spektrini umumiy ko‘rinishda quyidagi 
toifalarga bo‘lish mumkin: foydalana olishlikni (доступность) 
ta’minlash, axborot resurslarining va qo‘llab-quvvatlovchi infra-
tuzilmaning butunligi va konfidensialligi.
 Foydalana olishlik bu ma’qul vaqtda talab qilinadigan ax-
borot xizmatini olish imkoniyati.
 Butunlik deganda axborotning aktualligi va zidma-zid emasli-
gi, buzilishdan va sanksiyalanmagan o‘zgartirishdan himoyalan-
ganligi tushuniladi.
 Konfidensiallik bu axborotga sanksiyalanmagan ulanishdan 
himoya.
Xususiy holda tarmoq operatori shunga amin bo‘lishni istay-
diki, uning tarmog‘iga ulangan foydalanuvchilar va uskunalar, 
haqiqatan ham, ularmi (to‘g‘ri hujumlarni yoki foydalanu-
vchilarning almashtiril 
ishini oldini olish uchun); abonentlar 
ruxsat etilgan o‘sha servislarga ulanish olishyapti; ular ishlatgan 
xizmatga o‘rnatilgan haqni to‘layaptimi va hokazo. O‘z navbati-
da, foydalanuvchi esa shunga amin bo‘lishni istaydiki, uning xu-
susiy axboroti himoyalangan; u qabul qilayotgan va uzatayotgan 
ma’lumotlarning butunligi buzilmagan; u yozilgan servislarga do-
imo ulanishni olishi mumkin va hokazo. Shunigdek, tarmoq-
ning xavfsizligi uchun risklar va tahdidlar tuzilmasini tushunish, 
xavfsizlik tizimini adekvat shakllantirish va yangi tavakallar va 
tahdidlardan bu tizimni nazorat qilish va korreksiyalash bo‘yicha 
tadbirlarni rejalashtirish uchun tarmoq ning zaifligini o‘z vaqtida 
topish juda muhim. Xavfsizlik dasturi va siyosatini ishlab chiqish 
risklarni tahlil qilishdan boshlanadi, o‘z navbatida, uning birinchi 
bosqichi eng ko‘p tarqalgan hujumlar va tahdidlar bilan tanishish 
hisoblanadi. Simsiz WiMAX tarmoqlarida tarmoqqa turli hujum-


491
lar bo‘lishi mumkin va turli zaifliklar aniqlangan bo‘lib, ularning 
quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin [55]:
 Radiosignalni bo‘g‘ilishi kabi fizik darajadagi hujumlar ula-
nishni buzilishiga (ingl. Denial of Service) yoki kadrlarni ko‘ch-
kisimon chaplanishiga (ingl. Flooding) olib keladi va AU akku-
mulyatorining resursini tugatish maqsadiga ega bo‘ladi. Bunday 
hujumlarga qarshi turish juda qiyin va bugungi kunga kelib bun-
day hujumlar bilan samarali kurash usullari o‘ylab chiqilmagan.
 “Kishi o‘rtada” (ingl. Man In The Middle, MITM) turidagi 
hujumlarga kiradigan tayanch stansiyaning almashtirilishi. Zaiflik 
telekommunikatsiya tarmoqlari uchun an’anaviy bo‘lgan auten-
tifikatsiya jarayonining asimmetrikligiga bog‘liq (ya’ni TSni emas 
abonentni autentifikatsiyalash bajariladi).

Download 8,51 Mb.
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



WiMAX tarmoqlarida axborot xavfsizligi masalalari

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish