494
Birlamchi DSA AUga initsializatsiya jarayoni vaqtida (ya’ni,
birlamchi autentifikatsiyalash va muallashtirishda) o‘rnatiladi.
Abonent uskunasi muvaffaqiyatli initsializiyalangandan keyin
TS unga statik DSAni taqdim etadi. Dinamik DSA ma’lumotlar
oqimlari uchun zarurat bo‘yicha o‘rnatiladi va o‘chiriladi. Har
bir AU har bir vaqt davrida bir necha ma’lumotlar oqimlariga va
mos ravishda bir necha dinamik DSAlarga ega bo‘lishi mumkin.
AUni avtorizatsiyada tayanch stansiya mos DSAlar so‘raladigan
servislar turlari bilan mosligiga ishonadi.