488
Umumiy foydalanishdagi tarmoqlardan farqli ravishda korporativ
aloqa tarmoqlari hamma vaqtlarda ham zich joylashgan hududlar-
da (energetiklar shaharchasi, neft-gaz majmuasi korxonalari ishchi-
lari va boshqalar) qurilavermaydi. Olisdagi joylardagi radiochastota
spektri nisbatan bo‘sh va 20 MGs gacha kenglikdagi chastotalar
polosasini ajratish ajratish mumkin. Shuning uchun yirik shaharlar-
dan olisdagi korporativ tarmoqlardan WiMAX texnologiyalari im-
koniyatlarining maksimal ishlatilishini kutish ke rak. Shu bilan bir-
ga, bunday tarmoqlar dastlab asosiy qo‘llanilishi bo‘yicha o‘ziga
yetarli (qo‘shimcha bo‘lmagan) tarzda qurilishi mumkin.
WiMAX texnologiyalarining qo‘llanilishiga olib keladigan kor-
porativ tarmoqlarning yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
ko‘plab korporatsiyalarda abonent terminallarni sotib olish uchun
moliyaviy vositalarning mavjudligi hisoblanadi (hozirda umumiy
foydalanishdagi aloqa tarmoqlari abonetlari uchun terminallar
narxi juda qimmat bo‘lgan holda).