485
senziyalanadigan diapazon va 915MGs litsenziyalanmaydigan kabi
chastotalar polosalaridan foydalanishga qandaydir qiziqish bor.
WiMAX standarti tovushlarni va katta hajmlardagi ma’lumotlarni
uzatish xizmatlaridagi, mobillikda foydalanuvchilarning ehtiyojla-
rini qoniqtirishga qodir uzoq kutilgan
spektral samaradorlikka va
yuqori o‘tkazish qobiliyatiga olib kelishga “va’da” bermoqda. Bu
to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida ishlashga qodirligi tufayli ko‘proq
foydalanuvchilarni jalb qilishga, qurishga kam xarajatlarga katta
aloqa masofasiga (uzoqligiga) va standartlashtirish hamda o‘zaro
ta’sirlashish hisobiga arzon abonent uskunalari bozoriga ommaviy
kirib borishga imkon beradi. Ko‘rinib
turibdiki, bu keng polosali
mobillikka va 4G tizimlarni shakllantirishga yo‘l hisoblanadi.
34.3. Yevropada WiMAX tizimlari uchun chastotalarning
ajratilishi (1-rayon)
2008-yilning mayida EI komissiyasi Yevroittifoq a’zolari dav-
latlarida 3400–3800MGs diapazondagi radiochastota spektridan
foydalanishni garmonlashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Qabul
qilingan qaror Yevropa WiMAX-operatorlariga pozitiv ta’sirga ega
bo‘ldi, ulardan ko‘pchiligi spektrning aynan bu polosasidagi chas-
totani ishlatadi. Bu qarorga muvofiq, Yevroittifoqqa kiradigan dav-
latlar “turg‘un, ko‘chma va mobil radioaloqa tarmoqlarini”
yaratish
uchun bu polosadagi chastotalarni ishlatishga ruxsat berishi kerak.
Ta’kidlaymizki, hozirgi vaqtda Yevropada 3,5GGs diapazon uchun
deyarli barcha litsenziyalar mobillik bo‘yicha cheklanishga ega va
faqat turg‘un simsiz ulanish yoki cheklangan mobillikli (“portativ”)
tarmoqlarni yaratishga huquq beradi. Bu chastotalar polosalarida mo-
bil KSU xizmatlarini taqdim etish imkoniyati
hozircha cheklangan
davlatlarda mavjud, qator davlatlar esa endi mos ulanishni berilishini
rejalashtirmoqda. EI komissiyasi texnologiyalarni va xizmatlarni tan-
lashga nisbatan betaraflik prinsipini ishlatadi va radiospektrdan foyda-
lanishning ixcham imkoniyatlarini
taqdim etilishiga xayrixoh, demak,
operatorlar ko‘p hollarda mobil rejimli ulanish tarmoqlarini yaratadi.