498
DES
(ingl. Data Encryption Standard) – IBM kompaniya-
si tomonidan ishlab chiqilgan va AQSH hukumati tomonidan
1977-yilda rasmiy standart (FIPS 46-3)
sifatida tasdiqlangan
blok shifrlash simmetrik algoritmi. DES algoritmi 64 bitdan
bloklarni va Feystel tarmog‘ining 16-siklli tuzilmasidan foydala-
nadi. Shifrlash uchun 56 bit uzunlikdagi kalit ishlatiladi. Agar
xabarning hajmi 64 bitdan ortiq bo‘lsa (odatda bo‘lib turadi),
unda u 64 bitdan bloklarga bo‘linadi, keyin esa ma’lum tarzda
birlashtiriladi. Bunday birlashtirish quyidagi to‘rtta
usullardan
biri orqali amalga oshiriladi:
35.2-rasm. DESda ma’lumotlarni shifrlash jarayoni.
• Elektron kodli kitob usuli
(ingl. Electronic Code Book, ECB);
• Shifrlar blokining ulanish usuli
(ingl. Cipher Block Chaining,
CBC);
• x-bitli shifrlangan teskari aloqa usuli
(ingl. Cipher FeedBack,
CFB-x);
• chiqish teskari aloqa usuli
(ingl. Output FeedBack, OFB).
DESda ma’lumotlarni shifrlash jarayonini quyidagi tarzda
499
bo‘lib o‘tadi (35.2-rasm).
DSA xavfsizlik uyushmasidan initsializatsiyalash vektori
(ingl. Initialization Vector, IV) va
PHY kadr sarlavhasi ning
sinxronlashtirish maydoni 2 modul bo‘yicha (inkor qiluvchi
“YOKI” operatsiyasi
(ingl. XOR)) bitlab qo‘shiladi va SVS
shifrlar bloki ulanish rejimida DES algoritmini initsializatsi-
yalash uchun uzatiladi.
Shuningdek, DES sxemasi kirishiga
TSHK kalit
(ingl. TEK) va xabarning ochiq matni beriladi.
Bunda MAS daraja sarlavhasida
(ingl. Generic MAC Header,
GMH) ES
maydonda (ingl. Encryption Control) bir o‘rnatiladi,
chunki ma’lumotlar shifrlangan, ikki bitli EKS
(ingl. Encryption
Key Sequence) maydonda esa bunda
foydalanilgan TSHK kalit
turadi. CRC kadri tugaganidan keyin, agar u bo‘lsa, shifrlangan
matn ostida o‘zgaradi.