• 33-bob. WiMAX TARMOQLARINI LOYIHALASHTIRISH VA TASHKIL QILISH 33.1. Yo‘naltirish diagrammasini adaptiv shakllantirish texnologiyasining qo‘llanilishi
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet243/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    Nazorat savollari:
    1. IEEE 802.16d va IEEE 802.16e standartlarining qanday 
    umumiy xossalari va asosiy farqlari mavjud? 
    2. WiMAX tarmoqlarini qanday asosiy qurish prinsiplari mav-
    jud? WiMAX (NRM) tarmog‘i tayanch modeliga tavsif bering.
    WiMAX tarmoqlari tugunlarining tarkibini keltiring.
    3. ASN ruxsat etishni taqdim etish tarmog‘i va CSN bog‘la-
    nishlar tarmog‘ining ishlashini bayon eting.
    4. WiMAX tayanch tarmog‘i tugunlarining o‘zaro ta’sirlashishi 
    qanday amalga oshadi? Tayanch nuqtalarning funksiyalarini qis-
    qacha bayon eting.


    466
    33-bob. WiMAX TARMOQLARINI LOYIHALASHTIRISH 
    VA TASHKIL QILISH
    33.1. Yo‘naltirish diagrammasini adaptiv shakllantirish 
    texnologiyasining qo‘llanilishi
    2006-yil oxirida IEEE 802.16e standarti mobil profilini yara-
    tish ustida olib borilgan ishlar yakunlandi. Hozirgi kunda stan-
    dart radioulanish interfeyslarining ko‘plab turlari mavjud, lekin 
    aynan IEEE 802.16e standartini ishlab chiqishda quyidagi al-
    goritm va uskunalardan qo‘llash imkoniyati yaratilgan: adap-
    tiv antenna tizimlari — AAS va murukkab antenna tizimlari 
    – MIMO, ular turli zichlikda tashkil topgan ko‘plab qayta aks-
    lanuvchi signallarni ishlashni ta’minlaydi. WiMAX tizimlarida 
    yo‘naltirish diagrammalarini adaptiv shakllantirish texnologiya-
    si – Beamformingning qo‘llanilishi – (AAS elementi sifatida) 
    tizimlar o‘tkazish qobiliyatini oshirish va aloqa masofasini ken-
    gaytirish va interferensiya darajasini pasaytirish imkonini beradi 
    [50]. Bu makrosot prinsipi bo‘yicha tarmoqlarni qurish holat-
    larida xizmat ko‘rsatish maydonlarining kengayishiga olib ke-
    ladi. Boshqa tomondan, MIMO texnologiyasi mikro-, piko- va 
    femtotuzilishlarda ham o‘tkazish qobiliyatini oshirishni ta’min-
    laydi. AAS va MIMO texnologiyalarining birgalikda qo‘llanilishi 
    bir-birini to‘ldiruvchi sifatida ma’lumot uzatish tezligi va aloqa 
    sifati bo‘yicha yetarlicha ustunlik olish imkonini beradi. Bu tex-
    nologiyalarni to‘liq ko‘rib chiqamiz. 
    Yo‘naltirish diagrammasining adaptiv shakllantirish texnologi-
    yasidan foydalanishda (keyinchalik AAS) TS antennasining 
    elektr maydoni uzoq zonada AU holati o‘zgarganida yo‘naltirish 
    xususiyatlarini o‘zgartirish imkoniyatini AU tomonga yo‘nal-
    tiradigan tor yo‘naltirilgan bosh yaproqcha ko‘rinishida shakl-
    lantiriladi. Amalda bir sota ta’siridagi chegaralarda ko‘p sonli 
    abonentlar bo‘lganida ko‘p yaproqchali diagrammalarni shakl-
    lantirish (yaproqchalar har bir abonentga yoki abonentlar gu-


    467
    ruhiga yo‘naltiriladi) amalga oshiriladi. Bunga vaqt bo‘yicha va 
    OFDM eltuvchi chastotalar bo‘yicha kliyentlarni ajratish tufayli 
    erishiladi. Bunday ko‘p nurli diagrammani shakllantirish uchun 
    TS tarkibidagi alohida qabul qilgich-uzatkichlar signalni ko‘p 
    elementli antenna panjarasi orqali qabul qiladi va uzatadi (4 ele-
    mentli antenna panjaralari), bunda bunday panjaraning har bir 
    element, har bir vaqt momentida boshqalariga nisbatan ma’lum 
    fazaviy surilishga ega bo‘ladi. Natijada tarkibidagi nurlantirgich-
    ning yo‘naltirish diagrammalarini (YD) kombinatsiyalanishi tu-
    fayli yaxshilangan yo‘naltirilganlik xususiyatlariga ega bo‘lgan 
    yig‘indi diagramma shakllantiriladi (yuqori kuchaytirish koef-
    fitsientili torroq bosh yaproqcha). Xalaqitlar manbalari yo‘nali-
    shida YDda nolinchi tashkil etuvchilar shakllantiriladi, bu istal-
    maydigan yo‘nalishli interferensiyani deyarli to‘liq so‘ndirish 
    imkoniyatini beradi. Binobarin, bu konsepsiya har ikkala BSdan 
    AUga va AUdan BSga yo‘nalishlarda ishlaydi. Bunda AUdan 
    qabul qilinadigan signallar ularning joylashgan o‘rnini aniqlash 
    uchun va keyin “pastga” kanalda YDni shakllantirish uchun ish-
    latilishi mumkin. 
    YDni shakllantirish g‘oyasi yangi hisoblanmaydi va adap-
    tiv antennalar tizimi yoki “intelektual antennalar” konsepsiyasi 
    boshqa radiotizimlar standartlarida ko‘p yillardan buyon ishla-
    tib kelinmoq da. Bu texnologiya asosan BSda ishlatiladi va oxirgi 
    foydalanuvchi qurilmalarni sezilarli o‘zgartirilishini talab qilmay-
    di. Shunga mos ravishda WiMAX uchun sertifikatsiyalashtiril-
    gan abonent qurilmalari operator qurilmalarining imkoniyatlarini 
    cheklab qo‘ymasligi uchun AAS texnologiyasini qo‘llab-quvvat-
    lashi kerakligi qarori qabul qilindi. TS uchun bunday imkoniyat 
    qo‘shimcha, lekin majburiy emas hisoblanadi. AAS texnologiyasi-
    dan foyidalanishni musbat tomonlari quyidagicha. 
    Birinchidan, turli uzatkichlar energiyasi va turli qabul qilgichlar 
    sezgirliklari tezroq nurga konsentratsiyalanadi, u holda TSning 
    ta’sir etishi zonasi kengayadi. Bu hal qiluvchi va “yuqoriga” alo-
    qa liniyasiga tegishli bo‘ladi. 33.1-rasmda YDni shakllantirilish-


    468
    ning talab qiladigan BSlar soniga ta’siri keltirilgan. Diagramma-
    da ko‘rinib turibdiki, bir xil qamrash zonasini ta’minlash uchun 
    bittalik antennali TSdan foydalanilganda va MIMO texnologiyasi 
    qo‘llanilganda AASdan foydalanilganligiga nisbatan 2.13 marta 
    ko‘p stansiyalar talab qilinadi. Faqat faziviy surilgan qabul qil-
    gichlardan foydalanilganda esa farq 1.39 martani tashkil etadi.
    Yakka tartibdagi
    antenna/MIMO
    Qabul qilgichni
    ajratish/MIMO
    Yo‘nalish
    diagrammasini
    shakllantirish
    Stansiyalarning nisbiy soni
    250%
    200%
    150%
    100%
    50%
    0%

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish