461
on the Information) 2003-yilning
dekabrida Jeneva shahrida
o‘tkazilgan WSIS ning birinchi Sammitida “Raqamli tengsizlik”
deb axborot va kommunikatsion texnologiyalarga tengsiz ulanish
imkoniyatlari nazarda tutildi. AKT ga tengsiz ulanish deganda,
birinchi navbatda davlatlar orasidagi farq (xalqaro raqamli
tengsizlik), masalan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
yoki hududlar orasidagi farq tushuniladi. Shuningdek tengsiz
ulanish davlatlar miqyosidagi (milliy raqamli tengsizlik) jarayon
sifatida ham aniqlanadi. Bunda
qishloq va shahar orasidagi,
oliy ma’lumotli hamda kam ma’lumotlilar orasidagi, aholining
kambag‘al va boy qatlamlari orasidagi farq tushuniladi [40].
Provayderlar va Internetdan foydalanuvchilar soni yoki turg‘un
va mobil telefonlar soni kabi oldindan aniqlangan mezonlar
asosida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, shuningdek,
rivojlangan
va rivojlanayotgan davlatlarda so‘nggi yillarda bo‘layotgan
o‘zgarishlarning tahlili asosida bu masalaning hozirgi ahvoliga
turlicha baholar berildi.
Bir tarafdan, ham davlatlararo, ham davlatlar miqyosidagi
“Raqamli tengsizlik” o‘sib bormoqda, degan fikrlar bo‘lsa,
boshqa
tarafdan, aksincha boy va kambag‘al davlatlar orasida “Raqamli
tengsizlik” qisqarmoqda, degan fikrlar bo‘ldi. Turli xalqaro
tashkilotlar (HTI yoki Jahon banki guruhi) e’lon qilgan rasmiy
hisob-kitoblarga murojaat qilinsa ma’lum bo‘ladiki, rivojlangan
va rivojlanayotgan davlatlar orasida AKT ga ulanishdagi tengsizlik
mavjud va hali ham jiddiy muammo bo‘lib turibdi.
O‘zicha asosli bo‘lgan bunday qarama-qarshi fikrlarning
mavjudligiga qaramasdan, ulanish imkoni
borligi va uning sifati,
ya’ni aloqa infratuzilmasining yaratilishi har xil davlatlarda
AKT ni tezkor va ishonchli rivojlanishiga asosiy omillar deb
hisoblanadi. 2005-yilda HTI “Raqamli tengsizlik”ni qisqartirish
uchun hamkorlikni rivojlantirish maqsadida WSIS doirasida global
darajada ko‘plab tashkilotlar tomonidan birgalikda o‘tkaziladigan
“Olamni ulaylik” (
ingl. Connect the World)
deb nomlangan
tashabbusni boshladi.
462
WiMAX tizimining bosh xarakteristikalari orasida javob
kechikishining kam vaqti, yuqori axborot xavfsizligi, yuqori aloqa
sifati – QoS va radiochastota spektri uyg‘unlashtirilgan holda
“global rouming” imkoniyatlari ta’kidlanadi.
WiMAX forumining
“rouming” bo‘yicha ishchi guruhi ham WiMAX tarmoqlari
orasida, ham IMT-2000 standartlariga asoslangan boshqa
tarmoqlar orasida “rouming” tashkil etishni spetsifikatsiyalarini
va biznes-modelini e’lon qilmoqchi. Shuningdek, WiMAX forumi
simli va simsiz interfeyslar bazasida
operatorlarga bir turkum va
sifat darajasida xizmatlar taklif etishga imkon beradigan WiMAX
tarmoqlari bilan mavjud ma’lumot uzatish tarmoqlari va IMS
ning yangi arxitekturasini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashida
o‘zining faol vazifasini bajarmoqda.
Keyinchalik esa, mobil va keng polosali simsiz aloqa
tizimlarining konvergensiya an’anasi davom etaversa, global
miqyosda umumqamrov aloqani ta’minlashga
qodir yangi,
chinakamiga universal standart paydo bo‘lsa ajab emas.