• Mobil ulanish
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet236/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    Ko‘chma ulanish
    Bu rejimda ulanish uchun biror WiMAX tayanch stansiyasi-
    dan boshqa tayanch stansiyasiga aloqani yo‘qotmagan hol-
    da abo 
    nentni avtomatik ulashni amalga oshirish imkoniyati 
    qo‘shilgan (“rouming”). Lekin ushbu rejim uchun AU harakat-
    lanish tezligi 40km/soat dan oshmasligi kerak. Shunday bo‘lsa 
    ham, ushbu rejimdan AU avtomobilda, velosipedda va yayov 
    holatda chegaralangan tezlik bilan harakatlanganda foydalani-
    shi mumkin. Ushbu rejimga kirish smartfon, kommunikator 
    va cho‘ntak kompyuterlari uchun WiMAX texnologiyasidan 
    foydalanishga mos ravishda amalga oshirilgan. Bunday ko‘ch-
    ma ulanishli WiMAX rejimida ishlovchi uskunalarning chiqishi 
    2006-yildan boshlandi. 


    454
    Mobil ulanish
    Ma’lumki, ushbu rejim IEEE 802.16e standartida ishlab chiqil-
    gan va AUsi 120km/soat tezlikkacha harakatlanganda barqaror 
    aloqani ta’minlash imkonini berdi. “Mobil WiMAX”ning asosiy 
    ustunliklari va kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
    1. Signalning ko‘p nurli tarqalishiga va shaxsiy xalaqitlarga bar-
    doshliligi;
    2. Kanal o‘tkazish qobiliyatining kengayuvchanligi;
    3. Asimmetrik oqimni tashkillashtiruvchi va antenna tizimlarini
    samarali boshqarishda foydalanuvchi vaqt bo‘yicha signal tarqati-
    shi dupleksi (TDD);
    4. Xizmat ko‘rsatish sifati QoSda HARQ texnologiyasidan foy-
    dalanilib, AU harakat chog‘ida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirganda 
    aloqani ishonchli saqlab turish imkonini beradi;
    5. Kutish rejimlarida AU energiya ta’minotini tejaydi, batare-
    yaning ishlash muddatini cho‘zadi;
    6. AU qayta ulanishini optimallashtirilgan texnologiyasi – HHO 
    kanallar orasida ulanish vaqtini 50ms gacha qisqartirish imkonini beradi;
    7. MBS guruhli va keng polosali xizmat ko‘rsatish xizmatlarini 
    ta’minlaydi: 

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish