453
Ushbu chastota diapazonida bu aloqa kanali keng ligi bilan
120Mbit/sek dan ortiqroq tezliklarda ma’lumot uzatish-
ga erishish mumkin. Fiksatsiyalangan ulanish rejimi IEEE
802.16d-2004 standarti bilan tavsiflangan. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, fiksatsiyalangan ulanish rejimida xiz-
mat ko‘rsatuvchi ko‘pchilik operatorlar to‘liq mobil rejim-
ga o‘tishni yoki ikkala standartni ham bir vaqtda qo‘llashni
loyi halashtirmoqdalar.
Seansli ulanish
Seansli ulanish mavjud fiksatsiyalangan ulanish rejimli Wi-
MAX ga seans tushunchasini qo‘shdi. Seansning mavjud bo‘lishi
turli tayanch stansiyalari orqali ulanishni o‘rnatish va ma’lum bir
davr orasida AUni erkin ko‘chishiga imkon beradi. Ushbu rejim
asosan portativ uskunalar (masalan, noutbuk, cho‘ntak kompyu-
terlari) uchun ishlab chiqilgan va portativ uskunalar uchun juda
muhim bo‘lgan AU energiya iste’molini kamaytirish imkonini
beradi.