456
Asosan
mobil
ulanish
Portativ SHK
lar uchun PC-
MCIA-adap-
terlar, kichik
adapterlar,
cho‘ntak
kompyuterlari,
smartfonlar
Ko‘p sonli
uskunalar/kichik
tezlikda harakat-
lanuvchi
transport
vositasi
Dag‘al
“xendo-
ver”
Yo‘q
Ha
To‘liq
mobil
ulanish
Portativ SHK
lar uchun PC-
MCIA-adap-
terlar, kichik
adapterlar,
cho‘ntak
kompyuterlari,
smartfonlar
Ko‘p sonli
uskunalar/katta
tezlikda harakat-
lanuvchi transport
vositasi
Yum-
shoq
“xendo-
ver”
Yo‘q
Ha
WiMAX texnologiyasi haqida umumiy tushunchalar
Hozirgi kunda keng polosali simsiz aloqa tizimlari inson
hayoti faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda va
butun dunyoda: rivojlangan davlatlarda ham, rivojlanayotgan
davlatlarda ham insonlarning yashash sifatini oshirishga
xizmat qilmoqda. Ushbu tizimlar yordamida turli xil
vazifalarni yechish mumkin:
multimedia, interaktiv va
personal kontentlarga tezkor va qulay ulanish, an’anaviy nutq
aloqasini ta’minlash yoki mahalliy va global jamoalar doirasida
axborot almashinuvini amalga oshirish mumkin. IEEE 802.16
(ko‘proq, WiMAX sifatida ma’lum bo‘lgan) standartlar oilasi
deb nomlangan keng polosali simsiz aloqa tizimlari IMS
(yangi avlod IP ga asoslangan multimediya nimtizimlari)
asosida keng polosali tarmoqlar uchun yaratilgan xizmatlar
hamda tezkor Internet kanallarini tashkil etish vositalari bilan
birgalikda foydalanuvchilarga (xususan Internetdan) keng
polosali simsiz ulanishning prinsipial
yangi imkoniyatlarini
taklif etadi.
457
IEEE 802.16 standartini paydo bo‘lgunicha Internetga ulanish
ancha turg‘un bo‘lgan, ya’ni foydalanuvchi ish joyidagi kompyuterga
yoki juda bo‘lmaganda Wi-Fi ulanish nuqtasi doirasidagi noutbukka
bog‘liq bo‘lgan. WiMAX tizimlari keng polosali tarmoqlarga va
Internetga ulanishni yanada mobil, yanada ommabop va yanada
keng tarqalgan qilmoqda. Buni uchun turg‘un, ko‘chma va mobil
abonentlarga xizmat ko‘rsatadigan keng polosali simsiz tarmoqlar
yaratilmoqda. Shunday qilib, Internet va uning barcha ilovalariga,
ya’ni
axborotlar, xizmatlar va aloqaga har doim va hamma yerda
ulanish muhiti shakllantirilmoqda. Bunda WiMAX tizimlariga
katta mas’uliyat ajratilmoqda.
IEEE 802.16 standartlarining ilk versiyalarida 10GGs dan
66GGs gacha bo‘lgan yuqori chastotali diapazonlarda to‘g‘ri
ko‘rinish hududida (
ingl. Line of Sight, LOS) ishlaydigan tizimlar
tavsiflangan. Keyinchalik 2GGs dan 11GGs gacha diapazonlarda
to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmagan hududlarda ham (
ingl. None Line
of Sight, NLOS) ishlaydigan tizimlarni qo‘llab-quvvatlaydigan
standartlar qo‘shimchalarini ishlab chiqishga urg‘u berilgan.
IEEE 802.16-2004 (shuningdek IEEE 802.16d yoki qisqartirib
“16d”) nomi bilan ma’lum bo‘lgan standartni
yaratishda standartning
avvalgi versiyalaridagi barcha ishlanmalardan foydalanilgan. Bu
tadbirlar binolar ichida radioqamrovni yaxshilashga imkon berdi
va, o‘z navbatida, stol ustida ishlatiladgan abonent uskunalarini
yaratishga imkon berdi.
2005-yilning dekabrida IEEE 802.16e (
“mobil WiMAX” yoki
“16e versiyasi”, ba’zi hollarda “IEEE 802.16-2005”) sifatida
ma’lum bo‘lgan standart ustida ishlar yakunlandi va hozirgi
kunda u IEEE 802.16 standartlar oilasida eng dolzarb standart
bo‘lib qoldi. Hozirda telekommunikatsiyalar bozorida yuqorida
ko‘rsatilgan WiMAX standartlarining
asosan ikkitasi, ya’ni faqat
turg‘un terminallar bilan ishlaydigan IEEE 802.16d standarti va
turg‘un, ko‘chma va mobil abonentlar bilan aloqa o‘rnata oladigan
IEEE 802.16e standarti namoyon etilgan.
458
WiMAX tizimining Wireless MAN simsiz tarmoqlar tizimiga
kiradi. WiMAX atamasi inglizcha “
Worldwide Interoperability
for Microwave Access” nomini qisqartirishdan kelib chiqadi,
bu so‘zma-so‘z tarjima qilganda “Mikroto‘lqinli radioaloqa
(O‘YUCH) asosidagi tarmoqlarga ulanish uchun butun dunyo
o‘zaro ta’sirlashish”ini bildiradi.
Mazkur texnologiya har
xil turdagi uskunalar uchun
(avtomatlashtirilgan ishchi stansiyalari va portativ
kompyuterlardan tortib mobil telefonlargacha) katta masofalarga
yuqori tezlikli simsiz universal aloqani taqdim etish maqsadida
ishlab chiqilgan. WiMAX atamasi IEEE 802.16 standartlar
atamasini ommalashtirish maqsadida 2001-yil iyunida asos
solingan sohaviy forum (
WiMAX Forum) tomonidan taklif
etilgan.